• DEPOZIT FOIZ STAVKASI
  • DEPOZIT GUVOHNOMASI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet200/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DEPOZIT BANKLARI (lot., fr.) — asosan jalb etilgan depozitlar hisobidan kredit hisob- kitob va ishonchli operatsiyalarni amalga oshiruvchi keng tarqalgan bank turi. O‘rta va uzoq muddatli operatsiyalarga ixtisoslashgan investitsiyaviy banklardan farq qilib, D.b.qonun yoki an’ana bo‘yicha asosan qisqa muddatli depozit ssuda operatsiyalari bilan shug‘ullanadi. Keng ma’noda D.b. tijorat banklari deb ataladi, bularga aholidan omonatlarni qabul qilishga ruxsat berilgan, tor ma’noda esa bular Buyuk Britaniya va Fransiyadagi ularning milliy bank klassifikatsiyasiga mos keladigan banklar guruhidir.
    DEPOZIT FOIZ STAVKASI – AQSh FRS kafolatlangan tijorat banklari, kredit assotsiatsiyalari va jamg‘arma ittifoqlaridagi depozit va jamg‘arma hisoblari bo‘yicha maksimal foiz stavkalari. Bunday stavkalar AQSh FRS kengashi, sug‘urta depozitlari bo‘yicha korporatsiyalar federatsiyasi, uy- joyni kreditlash federal bank idorasi va milliy kredit ma’muriyati tomonidan o‘rnatiladi.
    DEPOZIT GUVOHNOMASI — depozitga joylashtirilgan mablag‘ga uning egasining huquqini tasdiqlovchi hujjat.
    DEPOZIT INDOSSAMENTI – depozitlarni boshqaga o‘tkazish haqidagi o‘tkazma ustxat.
    DEPOZIT OPERATSIYALARI (lot.) — 1) hisobga olish ragistrlarida dapozitariylar tomonidan dapozitar oparatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan oparatsiyalar; 2) pul mablag‘larini jalb etish va ularni joylashtirish bo‘yicha kredit muassasalari operatsiyalari. Passiv va aktiv depozit operatsiyalar farqlanadi. Passiv D.o. korxonalar, davlat muassasalari, banklar va aholi mablag‘larini muddatga va o‘zi borib olgunga qadar jalb etishdan iborat bo‘ladi; bu bank resurslarining asosiy manbasidir. Aktiv D.o. bir xil banklar vaqtincha bo‘shagan pullarini boshqa kredit muassasalariga joylashtirishini bildiradi. Banklar tomonidan depozitlarni markaziy bankka qo‘yish turli xil aktiv D.o. hisoblanadi, bu kliring hisob-kitoblar va pul — kreditni tartibga solishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bankning xili va hajmiga bog‘liq holda D.o. 70 foizi aktiv va 95 foizi passivga to‘g‘ri keladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.