|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 196/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DEMONSTRATSIYA; NAMOYISH — mahsulotning ko‘rgazmali taqdimoti (prezentatsiyasi) va uning funksiyalari hamda foydali xossalarining namoyish etilishi. Ko‘pincha chakana savdo nuqtalari va ko‘rgazmalarda o‘tkaziladi. Demonstratsiyani taqdimot yetakchilari va namoyish personali o‘tkazadi. Namoyishdan keyin ko‘pincha tomoshabinni yangi mahsulotni sotib olishga qat’iy ishontirish maqsadini ko‘zlovchi tadbirlar o‘tkaziladi. Yirik universal do‘konlar har xil tadbirlardan tashqari ko‘pincha doimiy video namoyishlardan ham foydalanadilar. Ulardan ayrimlari tashrif buyuruvchilar bilib olishni istagan mahsulotning muayyan xarakteristikasini tanlab olishni mijozlarga taklif etgan holda interfaol bo‘ladi. Yoki xilma-xil ranglar, o‘lchamlar, modifikatsiya va narxlar ham havola etiladi.
DEMPING (ing.dumping-tashlash) – 1) bozordagi raqobatchilarni bartaraf etish maqsadida tovarlar (ish va xizmatlar)ga sun’iy ravishda past narx belgilash. Ko‘pchilik mamlakatlarning monopoliyaga qarshi qonunchiligida demping monopolistik faoliyat, insofsiz raqobat sifatida baholanadi va qonunni buzish sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra, monopolistik arzon narx belgilash (demping) g‘ayriqonuniy harakat sanalib, monopolist korxonaning iqtisodiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. Xalqaro savdo-sotiq munosabatlarida dempingning salbiy oqibatlarida muhofaza etishga qaratilgan oldini olish (preventiv) choralari ko‘riladi. Chunonchi, demping harakatlarini suiste’mol qiluvchi davlatlar va firmalar tovarlariga (ish va xizmatlariga) nisbatan boj summalarini ko‘paytirish, bunday tovarlarni mamlakat ichki bozoriga kiritmaslik kabilardir; 2) bozorni egallash va undan raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida mahsulotlarni sotuv narxiga nisbatan arzonga sotish; 3) tannarxidan past baho bo‘yicha, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlaridan past baholar bo‘yicha (sifati past eksport, D. baholar) ichki va tashqi bozorda raqobatchilarni xonavayron qilish va tashqi bozorlarni egallash uchun tovarlar bozoriga ommaviy chiqarish; valuta D. valuta qadrsizlangan mamlakatlardan jahon baholariga nisbatan past baholarda valutasi mustahkam yoki kam qadrsizlangan mamlakatlarga tovarlar chiqarish. Valuta D. imkoniyati agarda mamlakat ichidagi mavjud pul birligining sotib olish quvvati boshqa valutalar kursiga nisbatan yaqinroq pasaygan holatda ham vujudga keladi. D.ni ta’riflash va izohlashning bir necha tushunchasi mavjud. Ko‘plab kapitalistik mamlakatlar qonunlarida D. eksport qilinadigan mamlakat ichki bozoriga nisbatan tovarlarni tashqi bozorda kam baholar bilan sotish sifatida ta’riflanadi. Bunday holatlarda tovar import qiladigan mamlakat undan odatdagidan yuqori va mamlakatning ichki va eksport tovari o‘rtasidagi farq hajmida antidemping boj olish huquqiga ega bo‘ladi. Chunki rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ichki baholar darajasi odatda eksportga nisbatan yuqori bo‘ladi, bunday tarif ko‘lamli bo‘ladi va monopoliyalarga D. importga qarshi qurol sifatida foydalanish imkonini beradi.Odatda D. quyidagi shakllarga ega bo‘ladi:
– sporalik (stixiyali, kamdan-kam uchraydi) — chet elda tovarni realizatsiya qilish uni bozorning kutilmagan holatda to‘ldirishiga olib keladi. Bu kamdan-kam uchraydigan xarakterdagi holatdir;
– talonchilik — tovarni chet elga ichki bozor bahosiga nisbatan kam bahoda ularning o‘z bozorida chet el mahsulot yetkazuvchilar holatini qo‘porish niyatida ongli, ataylab chiqarish. Bunday harakatning maqsadi tashqi bozorda raqobatchini chetlatish va monopoliyalarni tashkil etish hisoblanadi;
– barqaror — baho xususida ichki bozorga nisbatan eng moslanuvchan hisoblangan tashqi bozorda raqobatga chidamli mavqeni egallash maqsadida demping siyosatni realizatsiya qilish bo‘yicha uzoq vaqtga cho‘ziladigan uzluksiz kuchayib borish; 4) D.– sifati past tovarlar eksporti, tovarlarni mamlakat ichkarisidagi yoki jahon bozoridagi narxlardan ancha past narxlarda bitta mamlakatdan boshqasiga olib chiqish, raqobatni sindirish vositasi hisoblanadi; 5) D.– savdo siyosatining moliyaviy metodi bo‘lib, tovarni tashqi bozorga mamlakatdagi mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqarish.
|
| |