|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 195/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DEMOGRAFIK STATISTIKA — bu aholi yoki uning guruhlar sonining o‘zgarishini, tarkibini, taqsimlanishini ifodalovchi ma’lumot yig‘ish, jamlash, qayta ishlash va ma’lumotlarning tahlilini statistik usullar yordamida amalga oshiradigan ijtimoiy- iqtisodiy statistikaning bir sohasidir.
DEMOGRAFIK TRANSFORMATSIYA MODELI — Sanoatlashuvgacha bo‘lgan, industrial va postindustrial jamiyatli mamlakatlarning rivojlanish jarayonida tug‘ilish va o‘lim koeffisientlarining o‘zgarishi asosidagi demografik vaziyat dinamikasini empirik tasvirlashni namoyon etadi.
DEMONETIZATSIYA (fr.) — nodir metallarning (kumush va oltin) pul vazifalarini bajarishni yo‘qotganligi. Kumush XIX asrning oxirida, oltin esa XX asrning o‘rtalarida pul bo‘lishdan to‘xtagan, D. tovar-pul munosabatlari mexanizmi, uning tashkiliy shakllari va vositalari rivojlanishi jarayonini ifodalaydi. Milliy valutaning metall mazmuni xalqaro iqtisodiy munosabatlarda muayyan mazmunini saqlab qoladi. Oltinni D. qilish XVF Nizomida xalqaro huquqiy jihatdan mustahkamlangan, undagi tuzatish 1978 yildan boshlab oltinga bo‘lgan rasmiy bahoni bekor qilgan, oltin XVF va ushbu tashkilot a’zolari o‘rtasidagi hisob-kitobdan chiqarilgan. Shunga qadar oltin unga almashtirilmaydigan kredit pullar tomonidan ichki va xalqaro oborotdan siqib chiqarilgan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida oltin faqat cheklangan vazifalarni bajaradi: inflyatsiya oqibatlarini sug‘urta qilish fondi; balans to‘lovlari bo‘yicha qarzlarni qoplash maqsadida foydalanadigan kreditlarni ta’minlash mablag‘lari; pul resurslari likvidlik rezervi.
DAMONOPOLIZATSIYA - (lat. De- ajratish, bakor qilish-old qo‘shimchasi, yunon. monotanho va poleo-sotaman) – sog‘lom iqtisodiy ballashuvga yo‘l barish maqsadida yakka hokim korxonalar va birlashmalar o‘rniga o‘zaro raqobatlashuvchi ko‘plab korxonalarni tuzish. D. ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1) yirik monopol mavqadagi birlashmalar, kompaniyalar tarqatilib, ulardan mustaqil korxonalar ajralib chiqadi ; 2) yakka hokim korxona, birlashma yoki kompaniyalar saqlangan holda ular bilan raqobat qila oladigan korxona yoki birlashmalar tashkil etiladi.
|
| |