|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 193/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DEKUVER (fr.) — sug‘urta qildiruvchi tavakkalchiligiga qoldiriladigan mulk bahosi va sug‘urta summasi o‘rtasidagi farq.
DEKXOLDER - brokerlarga mo‘ljallangan mijozlar topshiriqlarini saqlovchi shaxs.
DELFI METODI (grek.) — ekspertlar guruhi tomonidan muammoni hamkorlikda muhokama qilish davomida bo‘lajak voqealarni prognozlash metodi (mas., texnik innovatsiyalar).
DELIKT (lot.) — shaxs yoki fuqaroning qonunni buzishligi yoki keltirgan zarari. Bunda ko‘chmas yoki ko‘chirib bo‘ladigan mulkka keltirilgan zarar, shaxsga yoki uning obro‘yiga yetkazilgan ziyon ko‘zda tutiladi.
DELISTING — birja yoki kompaniyaning o‘zining qarori bilan aksiyani birja ro‘yxatidan chiqarib tashlash, bu listingning umrbod imtiyozdan mahrum bo‘lganligini ko‘rsatadi. D. aksiya firma tomonidan qaytarib olingan yoki yangisiga almashtirilgan, kompaniya aktivsiz qolgan yoki bankrot bo‘lgan, aksiyalarni ochiq joylashtirish to‘g‘ri kelmaydigan kichik hajmga ega bo‘lgan kompaniya listing to‘g‘risidagi bitimni buzgandagina amalga oshiriladi.
DELIVERI ORDER (ing., nem.) — 1. Konosament bo‘yicha kemada yetkazilgan yukning bir qismini ma’lum shaxsga berish to‘g‘risida hissaviy konosament rolini o‘ynovchi va buyruqni o‘z ichiga oluvchi hujjat; 2. Ombor egasidan saqlangan yukning bir qismini ma’lum shaxsga berish to‘g‘risida yuk egasining ombor egasiga buyrug‘ini o‘z ichiga oluvchi hujjat.
DEL’KREDERE (ital., ing.) – 1) broker yoki agentning nomidan vakillik qilayotgan shaxs oldida bitimning ijro etilishini kafolatlash yuzasidan olgan majburiyati. Uchinchi shaxslar tomonidan bitim bajarilmay qolgani taqdirda zimmasiga del’kredere olgan broker yoki agent o‘zini vakil qilgan shaxsning ko‘rgan zararlarini qoplab berishi lozim bo‘ladi. Agar bitimning bajarilmay qolishida vakil qiluvchining o‘zi aybdor bo‘lsa, u holda broker (yoki agent) zararni qoplash majburiyatidan ozod etiladi. Del’kredere uchun broker (agent)ga qo‘shimcha haq to‘lanadi; 2) komissioner tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan shartnomani bajarganligi uchun komissionerning komitet oldidagi kafolati; delkredere uchun komissioner maxsus mukofot oladi.
DELTA (grek.) — optsion mukofoti o‘zgarishining birja kotirovkasi o‘zgarishiga nisbati. D. qiymati 1-dan 0 gacha tashkil etadi. D. real tovar bozorida majburiyatlarni xejirlashtirish uchun zarur bo‘lgan optsion miqdorini hisoblash imkonini beradi.
|
| |