|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 192/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DEGRADATSIYA – iqtisodiy tizim ahvolining yomonlashuvi va barbod bo‘lishi.
DEGRESSIYA - miqdori kamayib borayotgan daromadlar uchun foizni mutanosib pasaytirgan holda soliq solish.
DEHQON (fermer) XO‘JALIGI (tojik.) — 1) oilaviy mulkka asoslanuvchi, oila a’zolari yoki qarindoshlarning birgalikda mahnati bilan yar uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yatishtirish va sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tovar xo‘jaligidir; 2) ayrim fuqaro, oila yoki shaxslar guruhi tomonidan taqdim etilgan, ularning ixtiyorida bo‘lgan mulkdan, shu jumladan, ijaraga olish, umrbod merosga qolgan yerdan yoki o‘z mulki bo‘lgan yer uchastkasidan foydalanish asosida qishloq xo‘jalik mahsulotini ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik sub’ekti. D.x. iqtisodiy samaradorlik tamoyillari asosida amalga oshiriladigan erkin tadbirkorlik shaklini ifodalaydi.
Hamkorlikda xo‘jalik yurituvchi mehnatga qobiliyatli oila a’zolari va boshqa fuqarolar D.x. a’zolari hisoblanadi. D.x. boshligi uning eng qobiliyatli a’zolaridan biri hisoblanadi: u korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar va davlat organlari bilan munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalaydi. D.x. boshqa turli xil korxonalar bilan bir qatorda iqtisodiy tuzilmaning teng huquqli bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning xo‘jalik va boshqa faoliyatiga davlat, jamoa va kooperativ organlar tomonidan aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi (yerdan foydalanish qonunlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim holatlardan tashqari); 3) D.x. — mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik sub’ektidir.
DEKLARATSIYA – ariza, e’lon, muayyan ahvol yoki hujjat mazmunining e’lon qilinishi, axborot berilishi. Deklaratsiyaning quyidagi turlari mavjud: 1) soliq deklaratsiyasi – soliq to‘lovchi hisoblanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda o‘z daromadlari, mol- mulklari hajmi, tarkibi to‘g‘risida soliq idoralariga beriladigan ma’lumot, hisobot; 2) bojxona deklaratsiyasi – mahsulot, mulk egasi tomonidan davlat bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan mol-mulklar haqida tovar nomi, miqdori, bahosi, o‘ram va shakli to‘g‘risida bojxona idorasiga taqdim etiladigan axborot, ariza. Boj va soliqlar undirilish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Soliq va bojxona deklaratsiyalarini taqdim etmaslik, unga haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni kiritganlik uchun huquqiy javobgarlik choralari nazarda tutilgan.
DEKORT (nem.) — muddatidan oldin to‘laganligi uchun kelishilgan tovar bahosidan yoki tovar sifatining kontrakt, bitim shartlariga mos kelmaganligi uchun olinadigan skidka.
|
| |