• DEBET-NOTA (lot.)
  • DEBIT QOLDIG‘I
  • DEBITANT
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet188/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DEBET KARTOCHKASI — 1) tashqi ko‘rinish bo‘yicha kredit kartochkasini eslatuvchi, terminal vositasida naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun sotib oluvchi tomonidan foydalaniyadigan plastmassali plastina. D.k. sotib oluvchining joriy hisobidan sotuvchi hisobiga ma’lum pul summasini ko‘chirishni amalga oshirish imkonini beradi; 2) “plastik pul” ko‘rinishlaridan biri. Uning vositasida bankdagi joriy hisobraqam omonatiga teng summada to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. U o‘z egasiga qo‘shimcha xarid imkoniyatlarini bermaydi.
    DEBET-NOTA (lot.) — 1) hisob-kitob munosabatlarida turuvchilardan bir tomonning boshqa tomon debet hisob raqamiga qandaydir holat vujudga kelishi bilan oxirgi ma’lum summani, ushbu summani talab etiladigan huquq yaratilganligi sababli yozish to‘g‘risida yuboriladigan xabarnoma. D.n. yuborilgan tomon unda e’tiroz yo‘qligi tufayli kredit-nota posilkasini to‘lashga o‘z roziligini tasdiqlaydi. 2) hisob-kitob qiluvchi tomonlardan biri muayyan majburiyat bo‘yicha muddati yetib kelganligi tufayli hisobraqamning debetiga ma’lum summa qayd etilganligi haqida yuboradigan xabarnoma.
    DEBIT QOLDIG‘I — 1) qarz; 2) AQShda — moliyaviy qurol yoki tovar xarid narxining broker mijozga beradigan kredit hisobidan to‘langan qismi.
    DEBITLI SPRED - xarid qilish va sotish kurslari o‘rtasidagi farqdan foyda olish. Aktivlardan ko‘rilgan daromadlar va jalb etilgan mablag`lar qiymati o‘rtasidagi farq.
    DEBIT (fr.) — vaqt birligi ichida tabiiy yoki sun’iy manbadan tushadigan (burg‘ilangan huquq trubalar, quduq va h.k.) suyuqlik suv, neft yoki gaz hajmi. Suyuqlik uchun l/s, kub. m/s yoki m/sut; gaz uchun kub. m/s da ifodalanadi.
    DEBITANT – mayda savdogar.
    DEBITOR (lat.debitor-qarzdor) - 1) biror idora, tashkilot va shu kabilardan qarzdor bo‘lgan shaxs yoki tashkilot; 2) korxona, muassasa, tashkilotdan qarzdor bo‘lib qolgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Xo‘jalik amaliyotida olingan mahsulot uchun pul to‘lamagan, veksel yuzasidan to‘lovni amalga oshirmagan veksel beruvchi shaxs, tijorat kreditini olib, to‘lovni amalga oshirmayotgan tashkilot va boshqalar; 3) fuqarolik huquqida qarzdor; shartnoma yoki boshqa majburiyatdagi tomonning ma’lum harakatni amalga oshirishga majburligi yoki harakatni amalga oshirishdan betaraf qolishligi. Ikki tomonlama shartnoma majburiyatlarida bitta shaxsning o‘zi ham debitor ham kreditor sifatida chiqadi; 4) D. korxona, tashkilot va muassasalardan pul yoki boshqa moddiy qarzi bor jismoniy va huquqiy qarzdorlar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.