• DAVLATNING PUL – KREDIT SIYOSATI
  • DAVLATNING MONITORING VA ANALITIK VAZIFALARI
  • DAVLATNING NAZORAT VA TARTIBGA SOLISH VAZIFALARI
  • DAVLATNING IJTIMOIY SUG‘URTASI (lot.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet186/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAVLATNING IQTISODIY VAZIFALARI – 1) iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart- sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi; 2) D.i.v. iqtisodiy tizimning mo‘tadil faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish, uni tartiblash va o‘sib borishini ta’minlashga oid iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
    DAVLATNING PUL – KREDIT SIYOSATI – bu pul muomalasi va kredit sohasidagi chora-tadbirlar majmuasidir.
    DAVLATNING MIGRATSIYA SIYOSATI — ishchi kuchi eksporti-importini tartibga solishga qaratilgan davlat siyosati.
    DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI — davlatning moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish borasidagi muayyan davrga mo‘ljallangan chora-tadbirlari.
    DAVLATNING MONITORING VA ANALITIK VAZIFALARI — Davlat aholi uchun moliya xizmatlari bozoridagi muammoli zonalar to‘g‘risidagi ma’lumotni yig‘ib olish qobiliyatiga ega.
    DAVLATNING MUVOFIQLASHTIRISH- KONSOLIDATSIYALASH VAZIFASI — Davlat ushbu dasturlar maqsadi va unga erishish usullarini ishlab chiqishi yagona muvofiqlashtirish markazi, ushbu mavzu bo‘yicha muhokama tashkilotchisi, yagona standartlarni aniqlovchisi, bozor o‘yinchilariga bir-birlari bilan kelishuvda yordam berishi lozim. Davlat aholi moliya savodxonligiga erishish dasturlari orqali o‘z mahsulotini marketing xizmati yordamida reklama qilish va mijozlarni jalb qilishga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
    DAVLATNING NAZORAT VA TARTIBGA SOLISH VAZIFALARI — Davlat ushbu bozorlarni tartibga soluvchi sifatida litsenziyalash, monitoring qilish va himoya qilishni ta’minlaydi, intizomsiz qatnashchilarni aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmasliklari ustidan nazorat qilish, moliya institutlari faoliyati shaffofligini ta’minlash siyosatini yuritish, axborotlarni ochish, shartnomalarni unifikatsiyalash, huquqiy bazani takomillashtirib borish.
    DAVLATNING IJTIMOIY SUG‘URTASI (lot.) — ish kuchini ishlab chiqarish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish maqsadida sotsial ta’minlash shakli, bunda davlat tashkiloti sug‘urta tashkiloti hisoblanadi va sug‘urta aholi keng qatlamini qamraydi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.