|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 182/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAVLAT TADBIRKORLIGI — 1) tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha davlat korxonalarining tijorat va notijorat asosidagi faoliyati; 2) milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar chiqaruvchi davlat korxonasi faoliyati. Faqat tijorat asosida amalga oshirilmaydi. Har xil mamlakatlarda dastlabki tijorat va notijorat uyg‘unlashuv davlat korxonalari faoliyatida bir xil emas. Masalan, Italiyada notijorat boshlanish ustun. Angliyada 1979 yilda ishlab chiqarishda davlat sektorining hissasi 18,7 foizni tashkil etgan. 80-yillarda davlat korxonalarini xususiylashtirish to‘lqini boshlanganda davlat sektorining o‘z qismidan ko‘prog‘i xususiy qo‘llarga va jamoaviy korxonalarga berilgan. Fransiyada 80-yillar boshlarida davlat korxonalari hissasi 22,8 foizgacha yetgan, keyin esa kamaya boshlagan. Keyingi vaqtda bozor iqtisodiyotida davlat tadbirkorligiga bo‘lgan munosabat o‘zgarmoqda. Uning turmush sifatiga va iqtisodiyotning raqobatliligiga samarali ta’siri olingan.
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH – 1) bu davlat mulkini mulkchilikning har xil mulk shakllariga aylantirish damakdir; 2) D.t.ch. – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyadorlik jamiyatlariga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirish; 3) D.t.ch. – bu mavjud xo‘jalik tizimidagi barcha qayta o‘zgarishlarni o‘z ichiga oluvchi tushunchadir. U davlat hukumronligini barbot etish va iqtisodiyotni davlatga qaram bo‘lmagan, mustaqil kishilarning ijtimoiy sohasiga aylantirishga yo‘naltirilgan; 4) D.t.ch. – iqtisodiy islohotlar yo‘li bilan davlat mulki ma’lum qismini iqtisodiy sub’ektlarga sotish yoki sovg‘a qilish (vaucher) yo‘li bilan nodavlat mulklariga aylantirish; 5) D.t.ch. – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar tashkilotlariga aylantirishdir.
DAVLAT TASHQI QARZI – 1) davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kalgan O‘zbakiston Raspublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezidant- yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbakiston Raspublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi razidantlarning o‘z kraditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kalishidir.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (chat el davlatlaridan, norazidant yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbakiston Raspublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi razidantlarning o‘z kraditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kalishidir.
O‘zbakistonning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 13,3% ni tashkil etmoqda, eksport hajmiga nisbatan esa 31% dan oshmaydi. Xalqaro mazonlarga ko‘ra ushbu ko‘rsatkichlar har jihatdan maqbul dab baholanadi. Shuningdak, XVF oldida moliyaviy majburiyatga ega emas. Oxirgi marta XVFdan 1995 yil “Stand-bay” kraditlari olingan.
O‘zbakiston Raspublikasi davlat ichki qarzlarining asosiy instrumantlari davlat qisqa muddatli obligatsiyalari va o‘rta muddatli davlat obligatsion zayomlari hisoblanadi; 2) D.t.q.- davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi.
|
| |