• DAVLAT MULKI
  • DAVLAT MUASSASALARI BOZORI
  • DAVLAT QARZI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet179/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI — davlat budjeti va nobudjet fondlar, soliqlar, davlat korxona va tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, pul hisob-kitoblarini tashkil etish, hisob va hisobotni yuritish sohalarida qonunchilikka rioya etilishini mamlakat hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek, maxsus tuzilgan nazorat organlari (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
    DAVLAT MULKI – 1) jamiyatdagi mulkchilik shakllaridan biri. Davlat mulki ikki yo‘l bilan paydo bo‘ladi: a) xususiy mol-mulkni milliylashtirib davlat qo‘liga olish; b) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish; 2) D.m. – ishlab chiqarish xususida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat xili bo‘lib, mulk ob’ektlarini boshqarish va buyruq berishni xalq nomidan davlat hokimiyati organlari bajaradi. Yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, hokimiyat va idora organlarining mol-mulki, respublika budjeti mablag‘lari, respublika va davlat ahamiyatidagi banklar, sug‘urta, zahira va boshqa davlat fondlari, davlat mulki asosida vujudga kelgan korxonalar va milliy iqtisodiyotning komplekslari, maktabgacha, maktab, o`rta maxsus va jliy o`quv yurtlari, ijtimoiy-madaniy aloqa ob’ektlari hamda respublikaning suverenitetini va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydigan boshqa mol- mulklar davlat mulki ob’ektlari hisoblanadi; 3) D.m.– boylikni o‘z vazifasini ado etish uchun davlat tomonidan o‘zlashtirishidir; 3) D.m. – davlat ixtiyoridagi yer va kapital kabi boyliklar.
    DAVLAT MUASSASALARI BOZORI — hokimiyat vazifalarini bajarish uchun ularga zarur bo‘lgan tovarlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi davlat muassasalari va mahalliy muassasa tashkilotlari.
    DAVLAT NAZORATI – davlat hokimiyatini amalga oshirishning davlat organlari chiqaradigan qonunlarga va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etilishini ta`minlaydigan shakllaridan biri.
    DAVLAT QARZI – 1) davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi. Bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Bunda davlat qarz oluvchi sifatida maydonga chiqadi; 2) davlatning o‘z fuqarolari, korxona va tashkilotlar, shuningdak xorij mamlakatlaridan qarzi. Manbaiga qarab ichki va tashqi D.q. ga bo‘linadi. 3) kredit operatsiyalari bo‘yicha davlatning qarz summasi. Zayomlar chiqarilgan va joylashtirilgan va h.k. valutalarni joylashtirish bozoriga bog‘liq holda D.q. ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Qoplash muddatiga qarab kapital va joriyga bo‘linadi. Bir tomondan chet el qarzini, ikkinchidan esa D.q.ni farq qilish lozim. Chet el qarzi bu mamlakatning to‘lov balansi tanqisligini qoplash uchun chet eldan olgan qarzini bildiradi. D.q. esa davlatning to‘lov balansi tanqisligini qoplash uchun olgan qarzini ko‘rsatadi. Qarzlar odatda mamlakat ichiga joylashtiriladi, ammo uning bir qismi chet elda joylashtirilishi ham mumkin. Davlatning chet eldan olgan qarzi ayni paytda ham davlat, ham chet el qarziga kiradi. To‘lov balansi xarajati chet el qarzi summasini belgilaydi. Shunday qilib, D.q. budjet tanqisligi dinamikasi bilan belgilanadi. D.q. kamayishi uchun budjet ijobiy savdoga ega bo‘lishi kerak. Agarda davlat budjeti tanqis bo‘lsa, D.q. ko‘payadi. Budjet tanqisligi qancha ko‘p bo‘lsa, D.q. shuncha o‘sadi; 4) D.q. budjet taqchilligi muammosini hal etish maqsadida muayyan davlat tomonidan iste’mol qilinayotgan aholi, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy davlatlarning pul resurslari; 5) D.q. davlatning fuqarolar, banklar, korxona va tashkilotlar, xorij mamlakatlaridan qarzi bo‘lib, manbaiga ko‘ra ichki va tashqi qarzga bo‘linadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.