• DAVLAT SOLIQLARIGA QO‘SHIMCHA
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet181/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAVLAT SEKTORI (lot.) — davlat tomonidan to‘la nazorat qilinadigan mamlakat iqtisodiyotining bir qismi; hukumat.
    DAVLAT SOLIQLARI — davlat huquqiy organlari tomonidan belgilangan miqdor va muddatlarda byudjet tizimlariga o‘tkazilishi lozimligi belgilangan majburiy va yuridik shakliga ko‘ra yangi tartibdagi yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar. Soliqlar majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi to‘laydigan puldir. Soliqlar hamma mamlakatlarda mavjud va faqat davlatga to‘lanadi. Davlat jamiyat a’zolariga, ular kim bo‘lishidan qat’i nazar, ijtimoiy ta’minot xizmatlari ko‘rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga mudofaa, tinchlik va osoyishtalikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash, obodonchilik va sanitariya- gigiena ishlarini bajarish, davlatni idora qilish uchun xavfsizligini ta’minlash, ekologiya muhitini asrash, tabiiy boyliklarni himoya qilish, ommaviy savodxonlikni ta’minlash, nogironlarga yordam berish kabi ishlar kiradi. Soliqlar davlatning ijtimoiy xizmatlari haqi bo‘lib, ular firmalar, jamoat tashkilotlari va aholidan undiriladi. Soliqlar tekinga berilmaydi, ular davlat ko‘rsatgan sarf- xarajatini qoplash uchun to‘lanadi. Mamlakat hududida soliqlar O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi: 1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 4) aksiz solig‘i; 5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 6) ekologiya solig‘i; 7) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha tegishli budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. Soliq ikki muhim yo‘nalish, ya’ni byudjetni to‘ldirish va iqtisodiy vazifalarni amalga oshiradi.
    DAVLAT SOLIQLARIGA QO‘SHIMCHA — mahalliy budjetga tushadigan qo‘shimcha soliqlar summasi; davlat soliqlariga nisbatan ma’lum hissada o‘rnatiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.