• DAVLAT XARAJATLARI
  • DAVLAT XARIDI JARAYONIDA KORRUPTSIYADAN MIQDORIY YO‘QOTISH
  • DAVLAT XARIDI JARAYONIDA KORRUPTSIYADAN MOLIYAVIY YO‘QOTISH
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet184/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAVLAT VALUTA MONOPOLIYASI — 1) valuta boyliklari (valutaviy boyliklar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish yoki operatsiyalarni amalga oshirishni ma’lum organlar, korxonalar, firmalar zimmasiga o‘tkazishga ruxsat berish, valutaviy mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilash bo‘yicha davlatning tanho huquqi. Valuta operatsiyalarini reglamentatsiya (tartibga solib turish) qilishni, valutaviy mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishni va ularning qo‘llanilish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishni taqoza etadi; 2) davlatning valuta mablag‘lari bilan operatsiyalar o‘tkazish yoki shunday operatsiyalarni o‘tkazishni ma’lum organlar, idoralar, korxonalar, birlashmalar va firmalarga ruxsat berish, valuta mablag‘laridan foydalanish tartibini o‘rnatish bo‘yicha huquqi. Davlat valuta monopoliyasi valuta operatsiyalarini tartibga solish, valuta mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish, ularni qo‘llashning samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bu sohadagi aniq vazifalarni bajarish tegishli banklarga yuklatiladi.
    DAVLAT XARAJATLARI — bu davlat o‘z funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq moliyaviy chiqimlardir.
    DAVLAT XARIDI — bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to‘liq davlat mablag‘lari evaziga sotib olishdir.
    DAVLAT XARIDLARI — eng avvalo harbiy buyurtmalarni, fuqaro qurilish dasturlarini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan davlat iste’moli shakli va davlat korxonalariga kapital mablag‘larni moliyalashtirish.
    DAVLAT XARIDI JARAYONIDA KORRUPTSIYADAN MIQDORIY YO‘QOTISH – yetkazib berilayotgan tovarlar va xizmatlar hajmini keragidan ortiq yoki kam miqdorda bo‘lishi; tovarlar va xizmatlarni davlat ehtiyojlari uchun emas, balki mas’ul amaldorlarning shaxsiy maqsadlari uchun xarid etish va boshqalar.
    DAVLAT XARIDI JARAYONIDA KORRUPTSIYADAN MOLIYAVIY YO‘QOTISH – shartnomalarni davlat va jamiyat uchun moliyaviy zararli shartlarda tuzish. Buni sotib olinayotgan tovarlar narxini amaldagi bozor bahosidan yuqori narxlarda sotib olish, davlat shartnomlarida to‘lovlarni kechiktirish emas, balki oldindan to‘lovni amalga oshirish shartlarini kiritish va boshqa ko‘rinishlarda ko‘rish mumkin.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.