|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 176/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAVLAT DAROMADLARI — 1) davlat tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun foydalanadigan davlat daromadlari; 2) bu milliy daromadni va boylikni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning davlatga tekkan qismidir.
DAVLAT FOYDASIGA VOZ KECHISH REJIMI — Davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaxs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish davlatning xarajatlar qilishiga sabab bo‘lmaydi.
DAVLAT IJTIMOIY YORDAMI – mehnatga layoqatliligining yo‘qligi, ishsizligi, daromad manbai mavjud bo‘lmaganligi sababli mustaqil ravishda o‘zini moddiy ta’minlay olmagan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan yordam.
DAVLAT IMMUNITETI (lot.) — xalqaro huquqdagi tamoyil bo‘lib, shunga muvofiq davlat va uning organlariga chet el davlati sudi da’vo qilishi mumkin emas, chet el davlati mulki esa majburiy xarakterdagi choralar ta’siriga uchrashi mumkin emas.
DAVLAT INNOVATSION SIYOSATI – ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar, tajriba konstruktorlik ishlari yoki fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda iqtisodiy aylanmaga kiritiladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yaratish tushuniladigan innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirishga yo’naltirilgan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
DAVLAT INVESTITSIYASI — davlat budjeti va budjetdan tashqari davlat fondlari hamda davlat korxonalari tomonidan kapitallar qo‘yilishini ifodalaydi.
DAVLAT IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISH — bozor mexanizmining faoliyat qilishi uchun me’yoriy shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga va bozor kon’yunkturasiga davlatning ta’sir ko‘rsatishi; ekologik va ijtimoiy muammolarni yechish. Har xil shakllarni o‘z ichiga oladi: budjet-soliq kredit-pul, ma’muriy. 1989 yilda AQSHda budjet orqali yalpi milliy mahsulotning 36 foizi, Yaponiyada — 33 foizi, Germaniyada — 44,9 foizi, Angliyada — 38 foizi, Fransiyada 50,2 foizi, Italiyada — 48,7 foizi, Gollandiyada — 53 foizi, Shvetsariyada — 27 foizi qayta taqsimlangan. Budjet-soliq orqali tartibga solish budjetning daromad va xarajat qismlarini tenglashtirishni ko‘zda tutadi, chunki budjet tanqisligi inflyatsiyaviy jarayonlarga turtki bo‘ladi. Kredit-pul orqali tartibga solish foiz stavkasi “ochiqbozor”da operatsiyalar, bank zahiralari majburiyatlari me’yorining o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotida ma’muriy tartibga solish majburiy kartellashtirish, ochiq korxonalarga ruxsat olish zarurligi va h.k. kabi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi.
|
| |