• DAVLAT BUDJETINING DAROMAD QISMI VA MANBALARI
  • DAVLAT BUDJETI DEFITSITINI MOLIYALASHTIRISH




    Download 0,64 Mb.
    bet174/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAVLAT BUDJETI DEFITSITINI MOLIYALASHTIRISH — davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
    DAVLAT BUDJETI MABLAG‘LARINI BUDJETLAR O‘RTASIDA QAYTA TAQSIMLASH - 1) quyi budjetlarga yuqori budjetlardan budjet subvensiyalari va dotatsiyalari berish; 2) budjet ijrosi jarayonida paydo bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek, quyi budjetdan yuqori budjetga yo‘naltirish; 3) budjet ssudalarini ajratish bilan qayta taqsimlanadi. Respublika budjetidan budjet subvensiyalari va dotatsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlariga tasdiqlangan Davlat budjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan budjet subvensiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar budjetlariga tegishli tasdiqlangan budjetlar doirasida ajratilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda paydo bo‘ladigan daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik xazinaviy uzilish naqd pul aylanishi, yuqori budjetlarga beriladigan budjet ssudalari, foydalanilmagan budjet mablag‘lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika budjetiga o‘tkazishi mumkin.
    DAVLAT BUDJETINING DAROMAD QISMI VA MANBALARI - a)qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar; b) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; d) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; e) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; f) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar; g) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DAVLAT BUDJETI DEFITSITINI MOLIYALASHTIRISH

    Download 0,64 Mb.