• DAVLAT BUDJETI (fr.)
  • DAVLAT BOSHQARUVINING VA HOKIMIYATINING NOMARKAZLASHUVI




    Download 0,64 Mb.
    bet171/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAVLAT BOSHQARUVINING VA HOKIMIYATINING NOMARKAZLASHUVI — bu davlat boshqaruvi funksiyasining mahalliy va quyi boshqaruv tashkilotlariga uzatish jarayonidir. Keng ma’noda ushbu tushuncha, vakolatlar va hukumatning alohida huquq va imtiyozlarini hokimiyat tarmoqlari orasida, hamda hukumat va iqtisodiy tuzilmalar orasida shuningdek, davlat organlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari orasida qayta taqsimlanishini anglatadi.
    DAVLAT BUDJETI (fr.) — 1) davlat tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan markazlashtirilgan pul fondidir. 2) D.b. davlat daromadlari va sarflarining moliyaviy rajasi; 3) D.b. davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdak moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi; 4) D.b. davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan fondi, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo‘lgan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag‘lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari a) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; b) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish; d) davlatning ijtimoiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; e) pul mablag‘larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish; 5) D.b. mablag‘larning tushum manbalari va xarajat qilishning asosiy kanallari bo‘yicha hukumat daromadlari va xarajatlarining mukammal smetasi. Davlatning moliyaviy holati, yetakchi mamlakatlarning muhim yo‘nalishlari, budjet va soliq siyosati xususiyatlari muntazam e’lon qilinadigan maxsus davlat hujjatlarida o‘z ifodasini topadi, ularning ichida eng muhimi markaziy hukumatning budjeti hisoblanadi. Hozirgi vaqtda davlat budjetining moliyaviy operatsiyalari ko‘lami uni iqtisodiy rivojlanishning muhim parametriga aylantirdi. Hozir davlat budjeti kanali orqali yalpi ichki mahsulotning to‘rtdan bir yarimigacha qismi qayta taqsimlanmoqda. Iqtisodiy jarayonlarda, moliyaviy mablag‘lar harakatlari oqimlarini tashkil etishda davlatning muntazam ishtirok etishi umumiy tendentsiya hisoblanadi. Hukumatning har xil dasturlari bo‘yicha budjet mablag‘larining aynan yo‘nalishlari va sarflanish hajmlari davlatning iqtisodiyotga xo‘jalik rivojlanishining joriy va uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlariga aralashuvining umumiy tamoyillari bilan belgilanadi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish murakkab jarayon hisoblanadi, bunda aholining har xil ijtimoiy qatlamlari va guruhlari ishtirok etishadi. Budjet mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi: qurolli kuchlar va davlat apparatlarini saqlashga, ijtimoiy sohani moliyalashtirishga (ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash; xalq ta`limi, fan va h.k.); 6) D.b. umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida hosil bo‘luvchi va sarflanuvchi moliyaviy resurslardir; 7) D.b. davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi; 8) D.b. davlatning markazlashtirilgan pul resurslari bo‘lib, u daromadlar va xarajatlar munosabatlaridan iborat bo‘ladi; 9) D.b. davlat daromadlari va xarajatlarining pul bilan ifodalanadigan yillik majmui.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DAVLAT BOSHQARUVINING VA HOKIMIYATINING NOMARKAZLASHUVI

    Download 0,64 Mb.