|
DAROMAD SOLIG‘I BO‘YICHA JARIMALAR
|
bet | 167/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAROMAD SOLIG‘I BO‘YICHA JARIMALAR — ushbu soliq to‘lanmaganda, noto‘liq to‘langanda yoki to‘lash tartibi buzilganda (rioya qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko‘tsatishdan iborat. O‘z vaqtida ushlab qolinmagan, noto‘liq ushlangan yoki tegishli budjetga o‘tkazilmagan soliq summalari jismoniy shaxslarga daromad to‘laydigan korxona, tashkilot va muassasalardan undirishga mo‘ljallangan summaning 10 foiz hajmidagi jarimani birgalikda qo‘shib, soliq organlari tomonidan so‘zsiz undirib olinadi. Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan o‘tgan jismoniy shaxslardan soliq o‘z vaqtida tegishli budjetga o‘tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov muddatidan keyingi kundan boshlab to‘langan kungacha (bu kun ham qo‘shiladi) 0,5 foiz miqdorida penya undiriladi. Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa turlaridan ozod etmaydi.
DAROMAD SOLIG‘I STAVKALARI – aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan holda olinadigan soliqlarning foizlardagi darajalari.
DAROMAD SOLIG‘INING SHEDULYAR SHAKLI — daromadning manbaini inobatga olgan holda uning qismlarga (shedulyarga) bo‘linishini taqoza etadi. Dastlab, Buyuk Britaniya soliq tizimida qabul qilingan. Unga ko‘ra har bir shedul o‘ziga xos tarzda soliqqa tortiladi. Bunday tartib daromadni o‘zining manbai oldida “tutish”ni maqsad qilib qo‘yadi. Mamlakatda bu sohada oltita shedul amal qilib, ularning ayrimlari yana ichki taqsimlanishga ham ega. Masalan, “A” shedul o‘z tarkibiga mulkdan olinadigan daromadlarni (yerga mulkchilikdan, bino va inshootlarga egalikdan, uy yoki xonani ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni), “V” shedul tijoriy maqsadlar uchun foydalaniladigan o‘rmon massivlaridan olinadigan daromadlarni, “S” shedul davlat qimmatbaho qog‘ozlaridan olinadigan daromadlarni, “D” shedul tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlarni (bu shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko‘p turlari kirganligi uchun uning o‘zi yana olti qismga bo‘linadi), “ye” shedul ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlarini va nihoyat, “F” shedul Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to‘lanadigan dividendlar va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
|
| |