|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 165/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DALLOL BOSHI — dallollarning boshlig‘i, oqsaqoli, bosh dallol.
DALOLATNOMA – muayyan faktning yuz berganligini tasdiqlash maqsadida tuziladigan yuridik hujjat. Dalolatnoma tuzilganligi huquqlar va majburiyatlar vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik harakatlari haqida, moliyaviy va boshqa nazorat natijalari to‘g‘risida hamda boshqa hollarda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma tuzish tartibi, uning mazmuni va unga qo‘yiladigan talablar qonuniy hujjatlarda belgilab qo‘yiladi. DAMIO - 1) pulning belgilangan qiymati va uning joriy kurs bo‘yicha hisoblangan qiymati o‘rtasidagi farq; 2) bank muassasalarining komissiyaga topshirilgan veksellar bo‘yicha naqd pul olish bilan bog‘liq xarajatlari.
DAMNIFIKATSIYA (ing.) – mol-mulkka zarar keltirish, umumiy holatda zarar ko‘rish hisoblanadi.
DAMNO (italyancha – damno) – 1) qimmatli qog‘ozlar kursining pasayib ketishi tufayli qimmatli qog‘ozning ko‘rsatilgan (nominal) qiymatidan ham arzonga sotilishi oqibatida ko‘riladigan zarar; 2) Damno (lot.) – qimmatbaho qo‘g‘ozlarni ularning me`yoriy qiymati bilan sotgan kursda ko‘riladigan talofat.
DARAJALI TAXMINLASH – sotishlar va foydaning kutilgan hajmini maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari bo‘yicha avvaldan rajalashtirish.
DARENIE — bir tomonning mulkini tekinga boshqa tomonning to‘la mulki qilib berish. Ko‘chmas mulkni va transport vositalarni sovg‘a qilish qoidaga ko‘ra beriladigan mulk qiymatidan ma’lum foiz tarzida davlat boji olinadigan bitimni notarial tasdiqlashni talab etadi. Bundan tashqari, boj hajmi shunday bitim ishtirokchilarining qarindoshligi darajasiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
DAROMAD — kapitalga bo‘lgan daromadlarning har qanday turlari uchun ko‘p ma’noli tushuncha. Ko‘p belgilarga ega va har xil kontekstlarda foydalaniladi: 1) daromad stavkasi — obligatsiya bo‘yicha har yili to‘lanadigan va uning nominal qiymatidan foizlarda hisoblanadigan daromad; 2) D. — Qarzning amal qilish hisob-kitob muddati uchun D. barcha qarzdan daromad yoki qarz bo‘yicha qimmatbaho qog‘ozlarni barcha hajmi uning egasida turadigan, barcha to‘lash esa oldindan o‘rnatilgan hajmlarda amalga oshiriladi degan taklifdan kelib chiqqan holda hisoblangan uning bir qismi; 3) D.- amal qilish o‘rtacha muddatning hisob- kitobi uchun D.-qo‘pol orientirlangan xarakterga ega bo‘lgan va shuning uchun aniq hisob-kitoblarda foydalanish uchun tavsiya etilmaydigan shartli hisob-kitob daromadi; 4) D.-bu ishlab chiqarilgan mahsulot narxining uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshishi, shuningdek, har bir sinf, ijtimoiy guruh yoki alohida shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo‘lgan va ular tomonidan o‘zlashtirilgan ulushi.
|
| |