|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 161/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BUXORO TANGASI — Buxoro kumush tangasi. XIX asrning 40-yillarida bir tanga 68,3 rus tiyiniga (oltin valutasi hisobida 19 tiyin), XIX asrning 60-yillari oxirida esa rus hukmronligi o‘rnatilgach, u bor-yog‘i rus pulining 20 tiyiniga to‘g‘ri kelgan.
BUYRUQ – Boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat bo‘lib, muayyan tashkilot oldida turgan strategik, joriy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mohiyat e’tibor bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid.
BUYUK BRITANIYA BEVOSITA MARKETING ASSOTSIATSIYASI – to‘g‘ridan–to‘g‘ri marketing industriyasida reklama beruvchilar, agentliklar va mahsulot yetkazib beruvchilar manfaatlarini ifoda etuvchi bir tashkilot.
BUYUK IPAK YO‘LI — Xitoy, O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari, keng ma’noda esa Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, tijorat, diplomatik va madaniy- ilmiy aloqalar yo‘li. Marketing tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk tarixiy hodisa.
Buyuk Ipak yo‘li haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138 yilga to‘g‘ri keladi: Xitoy imperatori U Di topshirig‘i bilan O‘rta Osiyoga yuborilgan elchi va sayyoh Chjan Syan Buyuk Ipak yo‘lini o‘rganadi va bu to‘g‘rida o‘z tasnifini beradi. Buyuk Ipak yo‘li Xitoydagi Xuanxe daryosining o‘rta oqimida joylashgan Sian shahridan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda yo‘l ikkiga ayrilgan: birinchisi —Shimoli- G‘arbiy Buyuk Ipak yo‘li — Turfon, Torim vohasi, Qashqar, Farg‘ona orqali o‘tib, Samarqandgacha kelgan. Bu yerda Buyuk Ipak yo‘li yana ikkiga bo‘linib, biri Marv, Nisa (Turkmanistonning janubida joylashgan shahar, hozir faqat xarobalari o‘rganilmoqda), Hamadon, Bag‘dod va Misr orqali O‘rta yer dengizigacha yetib borgan. Ikkinchisi Buxoro va Xorazmga yo‘nalgan va Xorazmda ikkiga bo‘lingan: biri Orolning sharqidan Janubiy Orol orqali Saqlab yurtiga (Rossiyaga) va Sabar (Sibir) turklari yurtiga borgan. Xorazmda davom etgan ikkinchi yo‘l Manqishloq, Hazar (Kaspiy) dengizi sharqi- shimoli orqali Kavkaz, Itil (ruschasiga Volga), Bulg‘oriya (Tataristonning eski nomi), Qrim, Qora dengiz yo‘li bilan Yevropaga borgan.
|
| |