|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 160/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BUTLEGER (ing.) — 1) kontrabanda spirtli ichimliklar bilan shug‘ullanuvchi savdogar; 2) taqiqlangan tovarlar bilan shug‘ullanuvchi savdogar.
BUTUNJAHON BOJXONA TASHKILOTI – 1994 yildan “Tarif va savdo erkinliklari bosh kelishuvi” (GATT)ning davomchisi sifatida yuqoridagicha atala boshladi. Bu tashkilotga 150 dan ortiq davlatlar a’zo bo‘lgan. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham kuzatuvchi mamlakatlar qatoriga kiradi.
BUTUNJAHON SAVDO TASHKILOTI (BST) – (ingl. World Trade Organization (WTO)) 1995 yil xalqaro savdoni erkinlashtirish va a’zo davlatlarning savdo-siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. BST 1947 yil tuzilgan va salkam 50 yil xalqaro tashkilot funksiyalarini bajargan. Ta“riflar va savdo bo‘yicha bosh kalishuv (GATT)ning vorisi hisoblanadi. BST yangi savdo kalishuvlarini ishlab chiqish va tatbiq etish ishlariga javob baradi, shuningdak jahonning ko‘pchilik davlatlar tomonidan imzolangan va ular parlamantlari tomonidan ratifikatsiyalangan barcha kalishuvlarni tashkilot a`zolari tomonidan amal qilinishini nazorat etadi.
BUXGALTERIYA (nem., ing.) — 1) Buxgalteriya hisobi yuritish; 2) Shunday hisob yuritish uchun korxona yoki tashkilotning mustaqil tuzilma bo‘linmasi.
BUXGALTERIYA BALANSI (fr.) — birlashmalar, korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari, budjet muassasalari mablag‘larining holati, joylashishi, foydalanishi va manbalari bo‘yicha ifodalash usuli, buxgalteriya hisobiga kiradi. Tuzilishi jihatidan buxgalteriya balansi ikki tomonli bo‘lib, uning chap tomoni aktiv, uning ung tomoni esa passiv deyiladi. Mablag‘larning tarkibi va foydalanishi aktivda, mablag‘larning tashkil topish manbalari esa passivda aks ettiriladi. Aktiv bilan passivning yig‘indisi har doim teng bo‘ladi, ana shu tenglikka buxgalteriya balansi deyiladi.
BUXGALTERIYA FOYDASI — jami daromaddan barcha xarajatlar chiqarilgandan keyin qolgan qismi.
BUXGALTERIYA HISOBI — korxonaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatlari natijalari hisobi tizimi. Boshqarishning ma’muriy tizimi sharoitida buxgalteriya hisobining bosh elementi hisob-kitob bo‘lgan bo‘lsa, bosh buxgalter korxona faoliyatini yuritish bo‘yicha ko‘p sonli ko‘rsatmalarga rioya qilishni kuzatadigan davlat nazoratchisi hisoblangan, haqiqatda esa u korxona rahbariga qarshi qo‘yilgan. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida korxonada buxgalter hisobni tashkil etish va uning holati uchun bosh javobgar shaxs mulk egasi yoki rahbar hisoblanadi. U mulk egasi oldida mulk majburiyat va korxona foydaliligi uchun javob beradi. Ular buxgalteriya hisobini o‘zlari amalga oshirishlari, buxgalter yollashlari va shunga moslangan firmalar bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Ayni paytda, buxgalteriya hisoblarining vazifalari ham o‘zgarmoqda. Uning yordamida korxonaning o‘z mulki, moliyaviy majburiyatlari, foydasi, jur’at qilish va investitsiyadan kutilayotgan daromad baholanishi mumkin. Buning uchun buxgalteriya balanslarida mavjud mulk o‘z mablag‘lari fondlari va qarz mablag‘lari ifodalanishi zarur. Nizom fondi, agarda korxona Aksioner bo‘lsa, korxona mulki ishtirokchilari hissasi summasi sifatida oydinlashishi kerak. Balans foydasi tushunchasi ham o‘zgarmoqda, uni valuta kursining joriy o‘zgarishi va bozor bahosini hisobga olgan holda korxona aktivi hajmining o‘sishi va passivining qisqarishi sifatida aniqlash zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat korxona va uning egasining ichki ishi bo‘lmay qoldi. Aksioner mulki, tovar va fond birjalari, bank-kredit faoliyati, ularni qiziqtirayotgan korxonalar va firmalarning mulki hamda moliyaviy mablag‘i to‘g‘risida moliya va savdo bitimlari ishtirokchilarini kengroq axborot bilan ta’minlashni talab qilmoqda. Bu hozirgi bizning iqtisodiyotimizda oshkora buxgalteriya hisob-kitob tuzishni talab qiladi, uning asosiy sharti mustaqil mutaxassis (auditor) tomonidan hisob- kitobning to‘g‘ri tuzilganligi va uning mazmunining ishonchliligini tekshirishdan iboratdir. Shu maqsadda auditor tijorat mahkamalari va firmalari tuzilmoqda, ularning faoliyati qonun bilan tartibga solinishi kerak.
|
| |