|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 162/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BUYUMLASHGAN MEHNAT — tabiat buyumlarini o‘zgartirib, ehtiyojiga moslashtirish jarayonida sarflangan va moddiy ne’matlarda gavdalangan mehnat.
BUYURTMA — tijorat hujjati, bunda importyor buyurtma berilgan tovarni tayyorlash uchun barcha zarur shart- talablarni, eksport bitimi tuzish uchun boshqa muhim elementlarni ko‘rsatadi.
BUYURTMALAR — firma va korxonalarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish va tartibga solishning tashkiliy- iqtisodiy va huquqiy shakli. Davlatning mahsuloti ishlab chiqarish va yetkazib berishga (shu jumladan, eksportga) buyurtmalari B. eng muhim shakli hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda davlat B. ma’lum monopoliyalar uchun mahsulotni foydali sotishga iqtisodiy kafolat yo‘li bilan ustunlik ta’minlovchi iqtisodiyotni tartibga solish uchun keng tarqalgan davlat monopolistik metodidir. Tashqi bozorga tayinlangan muhim mahsulot turlariga tarqalgan davlat B. tashqi iqtisodiy ekspansiyaga ta’sir ko‘rsatishning instrumentlaridan biri hisoblanadi. Firma mavjud vaqtda yoki ma’lum davrda ega bo‘lgan B. jami portfel buyurtmalarni xarakterlaydi. U tegishli korxonalarning imkoniyatlari va ishlab chiqarish quvvatlarining bandlik darajasi, uning iqtisodiy istiqboli, tovar bozoridagi o‘rni to‘g‘risida mulohaza qilish imkonini beradi. B. holati ko‘rsatkichlari va qisman portfel B. tegishli tovarlarning jahon bozori konyunkturasi tahlilida tarkib topgan mezonlaridan biridir.
BUYURTMALAR IZLASH — potensial respondent yoki bir guruh kishilarni izlash, aloqaga kirishish va so‘rovnomalash. Mazkur termin tadqiqotchilik faoliyatiga, shuningdek, telefon orqali yoki hududdagi sotuvlarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Ana shu ishlarni bajaruvchi kishi “tashviqotchi agent” deb ataladi. Respondent bilan kontakt oldindan shartlashib olmasdan ro‘y bergan hollarda, ya’ni agentni taklif etishmasa, bunday usul “sovuqqina tashviqot” deb ataladi.
BUYURTMALARNI BAJARISH — masalan, Buyuk Britaniyada telefon, faks, reklama e’loni, kupon bo‘yicha yoki internet orqali tovarlarga buyurtma bergan iste’molchiga ularni jismonan yetkazib berish. Ko‘pgina reklama beruvchilar buyurtmalarni joyiga yetkazib berishni ixtisoslashgan kompaniyalarga ishonib topshiradilar.
|
| |