|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 170/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAVLAT APPARATI (lot.) — davlat hokimiyati va davlatni boshqarish organlari, odil sud, prokuratura nazorati va h.k. tizimi.
DAVLAT BANKI (fr.) – 1) davlat tomonidan ta’sis etiladigan, odatda davlat budjetiga, davlat idoralariga, davlatning moliyaviy va boshqa dasturlariga xizmat ko‘rsatadigan muassasa. O‘zbekiston Respublikasida davlat banki bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari, vakolatlari va bank faoliyatini amalga oshirish shartlari va tartiblari “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yilgan; 2) davlat mulkida turuvchi kredit muassasalari. Kapitalistik mamlakatlarda D. b. ning quyidagi uch turi farqlanadi: markaziy banklar, tijorat banklari, maxsus kredit institutlari. Davlat banklari iqtisodiyotni tartibga soladi, xususiy banklar faoliyati ustidan nazorat qilishni amalga oshiradi, xalqaro kredit operatsiyalariga ta’sir ko‘rsatadi, davlat dasturlarini moliyalashni olib boradi.
Davlat tijorat banklari xo‘jaliklarni kreditlash sohasida davlat siyosati o‘tkazishni ta’minlaydi, investitsiyaviy, vositachi va hisob- kitob operatsiyalarini o‘tkazadi, ular orqali esa mijozlar iqtisodiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning maxsus kredit institutlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida mamlakatda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan muhim xo‘jalik tarmoqlariga xizmat qiladi. Ular joriy va strategik masalalarni hal qilishni ta’minlaydi; kapital mablag‘larni, tashqi savdo ekspansiyasini rag‘batlantiradi; qishloq xo‘jaligini tartibga solishni amalga oshiradi; davlatning regional siyosatini o‘tkazadi (investitsiyaviy banklar, tashqi savdo banklari, qishloq xo‘jaligini kreditlash uchun banklar va h.k.).
DAVLAT BANKROTLIGI (nem.) — davlatning tashqi va ichki qarzlari bo‘yicha to‘lashdan to‘la yoki qisman voz kechishi; davlat moliya inqirozining eng yorqin namoyon bo‘lish shakli.
DAVLAT BOJI — 1) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etganligi yoki vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan tegishli hujjatlari berilganligi uchun olinadigan majburiy to‘lov. Turli instansiyalardagi sudlarga berilgan ariza va shikoyatlar, notarial harakatlarning sodir etilganligi, fuqarolik holati aktining davlat qaydidan o‘tkazilganligi va tegishli organlar tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun davlat boji olinadi. Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan hujijatlarning xarakteriga bog‘liq; 2) import va eksport tovarlardan davlat tomonidan olinadigan (bojga qaralsin) va davlat budjetiga yo‘naltiriladigan haq D.b. kiritilishi va hajmi chet el tovarlariga baholarni tartibga solish va shu bilan milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, milliy tovarlarni eksport qilishni rag‘batlantirish, fiskal maqsadlarni, ya’ni davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tartibga solish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni topshirishni ko‘zlab amalga oshirilganlik uchun maxsus vakolat organlari tomonidan (sudlar, arbitraj sudlar, notarial idoralar, zagslar, ichki ishlar organlarining viza va ruxsatnoma beruvchi bo‘limlari va h.k.) undirib olingan pul summalari. Oddiy va proporsional D.b. farqlanadi. Oddiy D.b. belgilangan qat’iy summada undirib olinadi, proporsional D.b. da esa ma’lum summaga nisbatan ma’lum foizda undiriladi.
|
| |