• DAROMADLAR TAQSIMOTINING DETSIL KOEFFISENTLARI
  • DAROMADLARDAN OLINADIGAN SOLIQ
  • DAROMADLI AKSIYALAR
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet168/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAROMADLAR INDEKSATSIYASI (lot.) — baholar darajasi o‘zgarishiga bog‘liq holda aholi har xil guruhlari me’yoriy daromadlarining uzluksiz o‘zgarishi.
    DAROMADLAR TABAQALANISHINING SABABLARI - kishilarning mehnat qila olish qobiliyatlaridagi, ishlayotgan kishilarga nisbatan ularning boqimandalari, kapitalga qay miqdorda egalik qilishlaridagi tafovutlar, davlatning sotsial siyosati va hokazolar.
    DAROMADLAR TAQSIMOTINING DETSIL KOEFFISENTLARI — deb eng boy oilalarning yoki odamlarning 10% ga to‘g‘ri kelgan minimal daromadlarini eng kambag‘al oilalarning yoki odamlarning 10% ga to‘g‘ri kelgan maksimal daromadlariga nisbatiga aytiladi.
    DAROMADLAR TO‘G‘RISIDA DEKLARATSIYA — o‘tgan davr mobaynida olingan daromadlar, mulklar va ularga tegishli bo‘lgan soliq chegirmalari hamda imtiyozlari to‘g‘risida soliq to‘lovchining rasmiy arizasi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda asosiy moliyaviy hujjat bo‘lib, ulardan olinadigan daromad solig‘ining hajmini aniqlash uchun fuqarolarning daromadlari unda qayd etiladi.
    DAROMADLARDAN OLINADIGAN SOLIQ - foyda solig‘idan tashqari aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividendlar va foizlardan, kazinolar, video salonlarning daromadlaridan, o‘yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy konsert tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.
    DAROMADLI AKSIYALAR — saxovatli dividendlar to‘lanadigan aksiyalar. Ammo barcha aksiyalar yuqori darajali dividendga ega emas — shu paytdagi yuqori dividend kelajakda e’lon qilinmagan dividenddan kutilgan natija bo‘lishi mumkin.
    DAROMADLI OBLIGATSIYALAR — agarda daromad ishlab topilgan bo‘lmasa, foiz to‘lanmaydigan obligatsiyalar. Ayrim paytda D.o. bo‘yicha foiz kumulyativ deyiladi va agarda to‘lanmasa, kompaniya tugatilgan holatda obligatsiya egasi daromadning bir qismiga bo‘lgan da’voga qo‘shiladi. Hozirgi vaqtda D.o. kamdan-kam chiqariladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.