• DAROMAD DARAJASI O‘RTACHA MAMLAKAT
  • DAROMAD SAMARASI
  • DAROMAD SOLIG‘I
  • DAROMAD BO‘YICHA TALAB ELASTIKLIGI




    Download 0,64 Mb.
    bet166/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAROMAD BO‘YICHA TALAB ELASTIKLIGI — teng sharoitlardagi tovarga bo‘lgan talab miqdori foizdagi o‘zgarishning iste’molchilar daromadlarining berilgan foiz o‘zgarishga nisbati.
    DAROMAD DARAJASI YUQORI MAMLAKAT (rivojlangan mamlakat) - 1995 yilda aholi jon boshiga yillik yalpi milliy mahsulot (YMM) miqdori 9386 dollarga teng yoki undan ko‘p bo‘lgan mamlakat. Daromad darajasi yuqori mamlakatlarning ko‘pchiligi rivojlangan sanoat tarmog‘iga ega. Hozirgi vaqtda aholisi 1 milliondan ortiq bo‘lgan davlatlarning 26 tasi daromad darajasi yuqori mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu davlatlardagi aholining umumiy soni 0,9 milliard yoki Yer shari aholisining 1/6 qismidan kamroq. Bu davlatlar Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti a’zolari hisoblanadi.
    DAROMAD DARAJASI O‘RTACHA MAMLAKAT - 1995 yilda aholi jon boshiga yillik yalpi milliy mahsulot (YMM) miqdori 765 dollardan 9386 dollargacha bo‘lgan mamlakat. Bu mamlakatlarda yashash darajasi daromad darajasi past mamlakatlardagiga nisbatan yuqori va odamlar aksariyat tovarlar va xizmatlardan foydalanishlari mumkin, ammo bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar o‘zlarining asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydilar. Hozirgi vaqtda aholisi 1 milliondan ortiq bo‘lgan davlatlarning 67 tasi daromad darajasi o‘rtacha mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu davlatlardagi umumiy aholi 1,5 milliarddan ortiqdir.
    DAROMAD SAMARASI — 1) daromadning xarid qobiliyatiga ta’siri; 2) narx pasayganda iste’molchi pul daromadlarining sotib olish layoqatining ortishidir; 3) D.s. taqdim etilgan talab miqdori. O‘zgarish hissasining boshqa ne’matlarni kam qiymatli ne’matlar bilan almashtirish natijasida hosil bo‘lgan arzonlashgan tovarga nisbati; 4) taklifning talabdan ortishi natijasida narxlarning pasayishi tufayli xaridor puli sotib olish qobiliyatining o‘sishi.
    DAROMAD SOLIG‘I – 1) fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy to‘lov (soliq); 2) uning faoliyati natijasi yoki mulkdan foydalanishdan olingan jismoniy yoki yuridik shaxs daromadidan undiriladigan soliq turi. D.s. aholidan olinadigan bevosita asosiy soliq turi hisoblanadi va soliq olishning o‘sib boruvchi stavkasi asosida progressiv tizim bo‘yicha undiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DAROMAD BO‘YICHA TALAB ELASTIKLIGI

    Download 0,64 Mb.