|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 169/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAROMADLILIK KO‘RSATKICHI — ularning joriy bahosiga nisbatan 100 aksiya hisobiga kompaniya tomonidan yilning oxirgi davrida olingan barcha foyda miqdori nisbati sifatida aniqlanadigan shartli nisbiy ko‘rsatkich. Amaliyotda teskari miqdori, ya’ni baho - foyda nisbati ham foydalaniladi.
DAROMADLILIKNING KAMAYIB BORISH QONUNI — bir tur xarajatning oshishi va boshqa barcha xarajat turlarining kamayishida nuqtaga erishilganlikni bildirish tamoyili, shundan keyin o‘zgaruvchi xarajatning xaddiga yetgan mahsulotning miqdori qisqara boshlaydi.
DAROMADLILIKNING PASAYISHI - qo‘yilmalar, kreditlar, portfelli investitsiyalar bo‘yicha foizlar va dividendlar miqdorining kamayishi natijasida yuzaga keladi;
DAROMADLILIKNING PASAYISHI RISKLARI - o‘z ichiga foiz va kredit risklarini qamrab oladi.
DAROMADNI DISKONTLASH – sarmoya sarflangan vaqtdan boshlab daromad tushishidir.
DAROMADNI (daromadli) SOLIQQA TORTISH — daromadlarning olinish vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi.
DATA (fr., lot.) — hujjat, qog‘oz tuzilgan yoki bitim amalga oshirilgan sana, oyni aniq belgilash.
DATIROVAT (fr.) — nimaningdir sanasini qo‘yish, belgilash.
DATO VEKSEL (ital., nem.) – 1)to‘lov muddati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmasdan rasmiylshtirilgan so‘ng ma’lum vaqt (masalan, uch oy, ikki oy o‘n kun va h.q.) o‘tganidan keyin amalga oshirilishi ko‘rsatib qo‘yilgan veksel; 2) to‘lov muddati uning to‘ldirilgan kunidan boshlab ko‘rsatilgan veksel.
DAUN-TIK - avvalgisidan arzonroq narxda tuzilgan bitimni anglatuvchi istiloh.
DAVALCHI XOM-ASHYO — boshqa mamlakatga uni qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish, keyin tayyor mahsulotni xom-ashyo egasi mamlakatiga chiqarish uchun olib kelinadigan kontragent — sherik xom-ashyosi.
DAVLAT AKSIONER KORXONASI — o‘z xo‘jalik faoliyatida davlat va Aksioner kapitalidan foydalanadigan korxona. D.a.k. Aksioner kapitali davlat korxonasi tomonidan uning asosiy va oborot mablag‘lari qiymatidan oshmagan xohlagan summada aksiyalar chiqarish orqali hosil bo‘ladi. Aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘lar qo‘shimcha moliya resurslari sifatida davlat kapitaliga qo‘shiladi va ular bilan oborotga qatnashadi. D.a.k. foydasi davlat va Aksioner kapitalga to‘g‘ri keladigan qismlarga bo‘linadi. Birinchisi davlat korxonasi foydasi, ikkinchisi esa Aksioner jamiyat foydasi sifatida taqsimlanadi. Odatda, qo‘shimcha mablag‘larga muhtoj bo‘lgan yirik korxona D.a.k. shakliga aylantiriladi.
|
| |