• DEMPINGGA QARSHI BOJXONA BOJLARI
  • DEMPINGGA QARSHI QONUNCHILIK HUJJATLARI (ingl. antidumping legislation)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet197/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DEMPING NARX – 1) tovarlarni tannarxidan (xarajatlaridan) past narxlar bo‘yicha sotish; demping, odatda tashqi savdoda qo‘llaniladi; 2) D.n. bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalaniluvchi narx; 3) Demping (bozorga kirib olish) narxi raqobat kurashi jarayonida bozorlardan raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadidagi kurashga vosita bo‘ladigan maxsus narx.
    DEMPINGGA QARSHI BOJXONA BOJLARI — 1) mahsulotni chiqarayotgan mamlakatdagi tovarlarning qiymatidan shu tovarlar olib kirilayotgan mamlakatda shu tovarlarning bahosi past bo‘lsa, bu narsa mamlakat o‘z ishlab chiqaruvchilariga moddiy zarar yetkazish xavfini tug‘dirsa yoki shunga o‘xshash tovarlarni mamlakat doirasida ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin bo‘lsa joriy etiladi; 2) tovarlar bojxona hududiga ular past narxda olib kirilsa, bunday olib kirish O‘zbekiston Respublikasidagi shunga o‘xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga moddiy ziyon etkazsa; tovarlar bojxona hududidan, ularning O‘zbekiston Respublikasidagi ayni vaqtda amalda bo‘lgan asl qiymatidan past narxda olib chiqilayotgan bo‘lsa, agar bunday olib chiqish O‘zbekiston Respublikasining shunga o‘xshash tovarlarini ishlab chiqaruvchilarga moddiy ziyon yetkazsa yoxud O‘zbekiston Respublikasining ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida normal raqobat o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilsa.
    DEMPINGGA QARSHI QONUNCHILIK HUJJATLARI (ingl. antidumping legislation) — milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda importni jilovlab turish bo‘yicha davlatning dempingga qarshi chora-tadbirlari. Dempingga qarshi kurashga rasman qonuniy tus berilishi GATT doirasida maxsus dempingga qarshi kodeks ko‘rinishida rasmiylashtirilgan. Dempingga qarshi protseduralar — taomil-amaliyotga tortilgan xalqaro savdoning hajmi 1980-yillarda jahon eksportining 2,5 %ini tashkil etgan edi (bunda yoqilg‘i hisobga olinmagan). Dempingda ayblashlar miqdori sezilarli darajada ortib bormoqda. Basharti, 1970-yillarning oxirida ular 100 dan ziyod bo‘lgan bo‘lsa, 1980- yillarning o‘rtalariga kelib 190 dan oshib ketgan edi. 1980-yillarning oxirida deyarli 600 ta protsedura — taomil muhokamada bo‘lgan edi. Dempingga qarshi tergov ob’ekti bo‘lib esa, 1980-yillar oxirida jami deyarli 600 muhokama ro‘y bergan edi. Ilgari bular xom-ashyo tovarlar va yarim tayyor mahsulotlar bo‘ldi, keyin esa ularga tayyor mahsulotlar, keyingi yillarda esa eng yangi sanoat tarmoqlari mahsulotlari kelib qo‘shildi. Dempingga qarshi kurash ayniqsa Yevropa Ittifoqi faoliyatida yorqin namoyon bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi dempingga qarshi qonunchilik hujjatlari — yagona savdo siyosatining bir qismidir. Dempingga qarshi kurash masalalari bilan Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevropa Ittifoqi Komissiyasi shug‘ullanadi. Ishtirokchi mamlakatlar tomonidan vakil qilingan Yevropa Ittifoqi Komissiyasi dempingga qarshi protseduralarni o‘tkazish bilan bevosita shug‘ullanadi. Tashqi aloqalar bo‘yicha bosh direksiyada maxsus bo‘lim — dempingga qarshi xizmat faoliyat ko‘rsatadi. Yevropa Ittifoqi Kengashi vakili raisligi ostida Yevropa Ittifoqi barcha ishtirokchi mamlakatlar vakillari tarkibida Konsultativ dempingga qarshi qo‘mita ana shu xizmatga yordam beradi. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi qonunchilik hujjatlaridagi “demping” ta’rifi GATTning VI moddasiga asoslangandir. Ana shu moddaga muvofiq “demping” deyilganda, Hamjamiyat bozorida realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan tovarning “eksport narxi” xuddi shunday tovarning “normal qiymati”dan past bo‘lishi tushuniladi. Tovarning “normal qiymati” bir necha usullar bilan belgilanishi mumkin. Bu — eksport qiluvchi mamlakatda yoki tovar mansub bo‘lgan mamlakatda iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan xuddi shunday tovarga odatdagi savdo-sotiq sharoitida belgilanadigan qiyosiy narx sifatida tushuniladi. Narx esa, haqiqatda skidka — siylov berilgani to‘g‘risida yetarlicha dalil isbotlarni taqdim etgan eksport qiluvchi buni talab qilishi sharti bilan ko‘rib chiqilayotgan savdo-sotiqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lgan har qanday skidka — siylovdan tozalangan bo‘lishi lozim. “Eksport narxi” deganda Yevropa Ittifoqi qonunchilik hujjatlari Hamjamiyatga eksport qilingan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bahoni tushunadi. Eksport narxi barcha soliqlar va sotuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan siylovlardan tozalangan bo‘lishi lozim. Demping (“demping farqi”) kattaligini belgilash uchun esa “normal qiymat” va eksport narxi darajalarini qiyoslashdan foydalaniladi. Bunda tovarlarning fizik xarakteristikalari, bilvosita soliqlar, muomala sarf xarajatlari (transport xarajatlari, sug‘urta va hokazo), yetkazib berilayotgan tovarlar miqdori va sotish uchun shart-sharoit ham inobatga olinadi. Demping asosiy mezoni — eksport qiluvchi mamlakatdagi tovarning amaldagi eksport va ichki narxlarini taqqoslashdir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.