|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 199/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DEPONENTLASHGAN VEKSEL – kreditni ta’minlash uchun berilgan veksel, kreditga mablag‘ olinganligi haqidagi tilxat.
DEPONIROLASH (lot.) — saqlashga berish; badal, pul.
DEPOPULYATSIYA — bu muayyan hudud ichida aholi sonining kamayishi jarayonidir.
DEPORT (fr.) — qimmatbaho qog‘ozlarni bir vaqtning o‘zida ma’lum muddatga past kurs bo‘yicha qayta sotish sharti bilan sotib olish. Qimmatbaho qog‘ozlar kursi pasayishiga to‘g‘ri kelganda qo‘llaniladi. Iqtisodiy D. oldi-sotdi emas, balki sotib olish va sotish kurslari o‘rtasidagi farq ssuda foizini tashkil etish. D. teskarisi rekort deb ataladi.
DEPORT BITIM (fr.) — ularni ma’lum muddatdan keyin pasaytirilgan qiymat bo‘yicha qayta sotish sharti bilan kunning qiymati bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar sotib olishni xarakterlovchi prolongotsiyaviy bitim turi.
DAPOZIT (lot.) - 1) lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi – saqlash uchun topshirilgan buyum ma’nosini bildiradi. Bank depozitlari – jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo‘yilgan bo‘sh pul mablag‘lari; 2) D qarzdorning qarz bargan tashkilotga sud mahkamasi orqali o‘tkazgan pul yoki qimmatbaho qog‘ozlar miqdori; 3) D. kredit muassasalarida (banklar, omonat kassalarida) saqlash uchun joylashtiriladigan pul mablag‘lari yoki qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar); 4) D. Kreditorga berish uchun qarzdor tomonidan sud muassasalariga topshiriladigan pul summasi (yoki qimmatbaho qog‘ozlar). D. mehnatkashlarning jamg‘arilgan pul mablag‘larini saqlash shakli sifatida omonat deb ataladi va naqd pul yoki naqd pulsiz orqali qo‘yiladi. Omonatlar bo‘yicha daromadlardan yoki tushgan puldan soliq olinmaydi. Depozitlarga quyidagi summalar kiradi: sud ijrochilari tomonidan undirib olingan va tegishli shaxslarga berganga qadar jinoyat sudi depozitida saqlash uchun bankka qo‘yilgan; qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rganga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sud D. ga qo‘yilgan; davolash muassasasida davolanayotgan kasalga tegishli (agarda u ushbu pullarni bankka o‘z depozit hisobiga qo‘ygan bo‘lsa) va boshqalar. Muddatli yo‘qlab olinadigan, shartli depozitlar farq qiladi. Bank depoziti — bu xususiy shaxs, korporatsiya, davlat tashkiloti — bank mijozi nomidan bankka saqlash uchun qo‘yiladigan pul summalaridir. Bank hisobotida passiv sifatida ifodalanadi; 5) D korxonalar va fuqarolarning pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlarini shartnoma asosida saqlash uchun bankka qo‘yiladigan omonatlar. D. banklarning kreditlar berish, faktoring operatsiyalari o‘tkazish, investitsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan ssuda fondini tashkil qilish manbai hisoblanadi. Shuning uchun D. banklar tomonidan to‘lanadi. Omonat pul egalariga ajratilgan to‘lov miqdori mablag‘ni saqlash muddatlari va boshqa shartlar bog‘liq bo‘ladi. D. ikki muhim turga bo‘linadi: talab qilib olinadigan va muddatli. Muddatlisi odatda nisbatan yuqori foiz foyda sharti bilan avvaldan belgilangan muddatga qo‘yiladi; 6) D. birjada fyuchers kontrakti umumiy qiymatining shartlashilgan qismini tashkil etuvchi kafolatlangan dastlabki shartnoma, pul mablag‘i yoki hisob-kitob palatasiga birja a’zosi tomonidan, mijozlar tomonidan esa, kontraktni qayd qilishda brokerga to‘lanishi shart bo‘lgan qat’iy pul miqdori; 7) D. bank va tashkilotlarga joylashtirilgan pul va qimmatbaho qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar).
|
| |