|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 205/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DEZANTERMEDIATSIYA (fr., lot.) — 1. Qimmatli qog‘ozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarish foydasiga bankning vositachilikdan voz kechishi; 2. Foiz stavkalarining o‘sish davrida ularni pul bozori (aksiyalar, obligatsiyalar) vositalari qiyofasida joylashtirish uchun mijozlar tomonidan depozitlarning banklardan olinishi; 3. Kredit resurslari bir qismining milliy bank tuzimi doirasidan chiqishi.
DEZIGNATSIYA (ing.) — 1. Kreditga beradigan shaxslar imzosi; 2) Buzila boshlagan tovarlar ro‘yxati.
DEZINFLYATSIYA (fr., lot.) — retsessiya, sotishning pasayishi davridagi baholar o‘sish sur’atining kamayishi.
DEZINTERMEDIATSIYA – 1. qimmatli qog‘ozlarni bevosita chiqarishni yoqlab banklarning qarz sarmoyalari bozoridagi vositachiligidan voz kechish; 2. foiz stavkasining o‘sishi davrida mijozlarning depozitlarni pul bozori vositalariga o‘tkazish maqsadida banklardan olib qo‘yishi; 3. kredit mablag‘lari bir qismining milliy bank tizimi doirasidan chetga oqib ketishi; 4. moliyaviy muassasalar o‘zlarining vositachilik vazifalarini bajara olmay qolgan vaziyat.
DIAPAZON KENGLIGI — mahsulotlar portfoliosini boshqarishda diapazon kengligi ishlab chiqaruvchi tayyorlovchi turli-tuman mahsulotlar assortimentini ifodalaydi. Ulgurji va chakana savdoda diapazon kengligi — ushbu do‘konda yoki do‘konlar guruhida sotishga taklif etilgan xilma xil mahsulotlar miqdori va rang-barangligidir.
DIFFAMATSIYA - matbuotda biror kishini obro‘sizlantiradigan (haqiqiy yoki soxta) ma’lumotlarni e’lon qilish.
DIFFERENT (lot.) — buyurtma berish yoki olishda tovar bahosidagi farq.
DIFFERENTSATSIYA – sanoatni qishloq xo‘jaligidan ajralishini bildiradi.
DIFFERENTSIAL YER RENTASI — yer maydonlarining unumdorligi va bozorga yaqinligi afzalligi natijasida hosil bo‘ladigan va yer egasi o‘zlashtiradigan ustama foyda.
DIFFERENTSIAL BOJXONA TARIFI — tovar olib keladigan mamlakat, bojxona chegarasi, kemaning qaysi millatga tegishliligi va h.k.larga bog‘liq holda bir xil tovar yoki mahsulotning o‘zidan har xil stavkalar bo‘yicha bojxona boji olinadigan tarif.
|
| |