• BUDJET TIZIMINING YAGONALIGI PRINSIPI
  • BUDJET TRANSFARTI
  • BUDJET TUZILMASI
  • BUDJET TIZIMINING DARAJALARI O‘RTASIDA DAROMADLAR VA XARAJATLARNING CHEGARALANGANLIGI PRINSIPI




    Download 0,64 Mb.
    bet154/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BUDJET TIZIMINING DARAJALARI O‘RTASIDA DAROMADLAR VA XARAJATLARNING CHEGARALANGANLIGI PRINSIPI - tegishli daromadlar turlarini (to‘liq yoki qisman) va xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarni mamlakatning hokimiyat organlari, mamlakat sub’ektlarining hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga birik-tirilganligini ko‘zda tutadi.
    BUDJET TIZIMINING YAGONALIGI PRINSIPI - huquqiy bazalar, pul tizimi, budjet hujjatlari shakllari, budjet jarayoni prinsiplari, budjet qonunchiligini buzganlik uchun sanksiyalarning yagonaligi, mamlakat budjet tizimi barcha darajalari budjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjet mablag‘lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi.
    BUDJET TRANSFARTI — budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bavosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari. Budjetlarga (mahalliy budjetlarga) cheklovlar — quyidagilardan iborat: 1) mahalliy budjetlarning defitsitli bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 2) mahalliy budjetlarni tasdiqlash va ijro etishda: a) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobidan fondlar tashkil etishga; b) mablag‘ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno); v) o‘z budjetlari xarajatlariga tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan ortiqcha mablag‘ sarflashga (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); g) budjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar kafilliklar berishga; d) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    BUDJET TUZILMASI — budjet tizimi tuzilishini tashkil etish va prinsiplarini, uning tarkibiy tuzilmasini, ular alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalaydi. Davlat tuzilishi bilan aniqlanadi. O‘zbekston Respublikasining budjet tuzilmasi a) Davlat budjeti; b) Respublika budjeti hamda v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini, viloyatning budjeti viloyat budjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini, tumanlarga bo‘linadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetini, tumanga bo‘ysunuvchi shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman budjetini va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BUDJET TIZIMINING DARAJALARI O‘RTASIDA DAROMADLAR VA XARAJATLARNING CHEGARALANGANLIGI PRINSIPI

    Download 0,64 Mb.