|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 148/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BROKERLIK FIRMASI (ing. ital.) — birjada vositachilik bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Jahonning eng yirik firmalari: “Morgan Stenli”, “Solomon brazers”, “Merril Ling” (AQSh), “Nomura”, “Dayva sekyuritiz” (Yaponiya), “S. Dj. Uorburg” (Buyuk Britaniya), “Dominien sekyuritiz” (Kanada).
BROKARLIK O‘RNI - birja tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga, qoida tariqasida, puli asosida bariladigan, birja bitimlarida va birja faoliyatida ushbu qonunga muvofiq ishtirok etish huquqi. Birja aksiyadorlariga brokarlik o‘rni uni sotish huquqisiz barilishi mumkin. Brokarlik o‘rnining egasi faqat bitta shaxs bo‘lishi mumkin. Brokarlik o‘rni ikkilamchi ijaraga barilishi mumkin emas. Birjaning o‘zi sotadigan brokarlik o‘rnining boshlang‘ich narxini birjaning ijro etuvchi organi balgilaydi. Brokarlik o‘rnining qiymati birjaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas.
BROKERAJ (ing.) — brokerning oladigan mukofoti. U bitim qiymatidan foiz (qimmatbaho qog‘ozlarni sotganda) yoki yuk partiyasi uchun to‘lanadigan ma’lum summa tarzida o‘rnatilishi mumkin.
BROKERIJ (ing.) — birjada aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni ularning egasi yoki bo‘lajak egasi topshirig‘i bo‘yicha sotib olish va sotish.
BROKER-DILER (ing.) — broker (vositachi) va diler (prinsipial) funksiyalarini uyg‘unlashtiruvchi kompaniya.
BROKER-KOMISSIONER (ing. fr.) — qimmatli qog‘ozlar yoki tovarlarni sotib olish yoki sotish bo‘yicha buyruqlarni bajaruvchi va ularni bajarganlik uchun komission mukofot oladigan shaxs (agent).
BROKERLIK KREDITLARI (ing., lot.) — qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish bo‘yicha fond birjasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklar, birja maklerlari — brokerlari va dilerlari tomonidan beriladigan kreditlar.
BROKERLIK OPERATSIYALARI (ing., lot.) — qimmatli qog‘ozlar yoki tovarlarning oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik operatsiyalari. Vositachilik bitimlari asosan brokerlik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali amalga oshiriladi. Yirik brokerlik firmalari sotib oluvchilarga kredit berishi yoki bitim tuzishda kafolat berishi mumkin.
|
| |