• BREYNSTORMING (ing.)
  • BRILLIANT INVESTITSIYA FONDI
  • BRONZA VEKSEL
  • BROKAR (ingl.broker)
  • BREYK — narxlarning tez va keskin pasayib ketishi. BREYN (ing.)




    Download 0,64 Mb.
    bet147/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BREYK — narxlarning tez va keskin pasayib ketishi.
    BREYN (ing.) — baholarning tez va keskin pasayishi.
    BREYN-DREYN — notekis hayotiy shart- sharoitlar sabab bir mamlakatdan boshqasiga aqliy mehnat namoyandalari, intellektuallarning chiqib ketishini bildiruvchi termin.
    BREYNSTORMING (ing.) — “mozgovaya ataka” yoki mozgovoy shturm; loyiha qarorlarini to‘la erkin ko‘rsatishdagi muammolarni jamoa bo‘lib muhokama etish.
    BRIFING (ing.) — rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi, bunda ma’lum masala bo‘yicha rasmiy pozitsiya yoki xalqaro muzokaralar, kengashlar, konferentsiyalarda ishtirok etuvchilar tomonidan kelishilgan pozitsiya qisqacha bayon etiladi.
    BRILLIANT INVESTITSIYA FONDI – qimmatbaho metallarga va oltin qazib olish kompaniyalariga mablag‘ajratadigan investitsiya fondi. AQShdagi investitsiya fondlari turlaridan biri.
    BRICS — barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, jahon iqtisodiyoti va savdosida katta ulushga ega Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasidan iborat mamlakatlar guruhi.
    BRONZA VEKSEL – tadbirkorlar bank ssudalarini olish maqsadida bir-biriga taqdim etadigan hech qanday qimmatga va mahsulot ta’minotiga ega bo‘lmagan veksel.
    BROSHYURA — kitob ko‘rinishida nashrga tayyorlangan va tikilgan bosma reklama materiali. Odatda bu termin jami 24 betga ega bo‘lgan kitobchalarga nisbatan qo‘llaniladi. 24 betdan ziyod hajmga ega broshyuralar buklet deb yuritiladi. Bosma reklama materiallari shakli va mazmuni o‘zlari ifoda etayotgan tashkilot ijobiy va maqbul imiji haqida guvohlik berib turishi uchun broshyuralar mundarijasi, dizayni va bosmadan chiqarilishi yuksak sifatda amalga oshiriladi.
    BROKAR (ingl.broker) - 1) mahsulot, qimmatbaho qog‘ozlar, valuta sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi rasmiy dallol. O‘zi yoki mijozlar nomidan kalishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs; 2) B. (birja maklari, komissionar, kurta stok-brokar)bu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi o‘z mijozining topshirig‘iga binoan va mijozning hisobidan bajaruvchi profassional. Brokarning xizmat haqi ko‘rtaj dayilib, uning miqdori oldi-sotdi shartnoma summasiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida brokar vazifasini invastitsiya vositachisi (moliyaviy brokar) bajaradi; 3) B. (ing.) — birjada qimmatbaho qog‘ozlar yoki tovarlarni oldi-sotdisi bo‘yicha makler, vositachi, agent (firma yoki shaxs). B. odatda sotib oluvchi va sotuvchi, sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi, kema egasi va kemani kiraga oluvchi kishi o‘rtasida vositachi sifatida chiqadi, u vositachiligi uchun ma’lum haq oladi va mijozlarning topshirig‘i bo‘yicha va ular hisobidan harakat qiladi. Har xil kategoriya brokerlari mavjud: birja, sug‘urta, fraxta va h.k. 1. Birja brokeÿri — ishlab chiqarish va diler yoki diler va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarda agent sifatida chiquvchi vositachi. Faqat komission tarzida mukofot oladi. Birja doirasida bitimlarni amalga oshiradi. 2. Sug‘urta brokeri — sug‘urta shartnomalarini tuzishda sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasidagi vositachi. Qonunchilik sohasi va sug‘urta amaliyotida ekspert hisoblanadi, u sug‘urta qiluvchi oldida huquqiy javobgar hisoblanmaydi, uning to‘lovga qobilligini kafolatlamaydi, zararni to‘lash va foydani qaytarishga javob bermaydi. Agarda brokerning ehtiyotsizligi tufayli o‘z majburiyatini bajarayotganda sug‘urta qiluvchiga zarar keltirilsa, u brokerdan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. 3. Fraxt- brokeri — komissiya shartnomasini tuzishda kema egasi va kira qiluvchi o‘rtasidagi vositachi; 4) B. (ingl. broker), vositachi, dallol; mollar, qimmatli qog‘ozlar, valutalar va boshqa boyliklar bo‘yicha tovar birjalarida, sug‘urta va fond bozorlarida xaridor va sotuvchi o‘rtasida tuziladigan bitimlar vositachisi. Mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra va ularni hisobidan shartnoma olgan holda ish olib boradi. Birja, sugurta, fond brokeriga bo‘linadi; 5) B. valuta bozori, fond va tovar birjalaridagi tovar, qimmatbaho qog‘ozlar, valuta va boshqa qimmatliklar savdosi to‘g‘risidagi bitimlarni tuzishda ishtirok etuvchi rasmiy vositachi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BREYK — narxlarning tez va keskin pasayib ketishi. BREYN (ing.)

    Download 0,64 Mb.