|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 143/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOSHQARUV TAMOYILLARI - iqtisodiyotning barcha sohalarini boshqarish tizimining tuzilishi va amal qilinishini balgilab baruvchi asosiy qoida.
BOSHQARUV TIZIMI - boshqarishning maqsadlari, tarkibi, shakli va usullari majmuasi. U dinamik bo‘lib, ijtimoiy iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishi bilan uning unsurlarini aniq mazmuni ham o‘zgaradi.
BOSHQARUV XARAJATLARI - boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, fuqarolarning o‘z- o‘zini boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
BOSHQARUV YOKI DIREKTORLAR KENGASHI — korporatsiyalarning joriy ishlariga rahbarlik qilishi uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida saylanadigan korporatsiya boshqaruvning oliy kollegial organi.
BOSHQARUV SHAKLI – kompleks konstitutsiyaviy-huquqiy institut bo‘lib, bunda hokimiyatning rasmiy manbai va amalga oshirilish shakli anglanadi. Boshqaruv shaklining asosiy, belgilovchi alomati davlat boshlig‘ining huquqiy maqomidir. Hozirgi zamon davlatlaridagi boshqaruv shaklining ikki turi mavjud: respublika va monarxiya.
BOSHQARUVNING PARLA-MENT SHAKLI - (parlament — fr. parler — gapirmoq) — qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarning vazifalari aniq taqsimlanganda parlamentning imtiyozli mavqega ega bo‘lishi. Parlament deputatlari hukumatni shakllantiradilar, bosh vazirni va konstitutsiyaviy nazorat organlarini saylaydilar.
BOSHQARUVCHI QARORLAR – rahbarlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar.
BRAK MAHSULOT - tasdiqlangan andoza va taxnika shartlarga mos kalmaydigan mahsulot.
BRAKER – mahsulot sifatining tegishli mezonlar talablariga muvofiqligini tekshiruvchi rasmiy mahsulotshunos.
BRAKERAJ (ing.) — rasmiy tovarshunoslar (brakchilar) tomonidan tovarlar ko‘rib chiqilganda brakni aniqlash.
BRETTON-VUD VALUTA TIZIMI – 1944 yil tuzilgan xalqaro valuta tizimi. Quyidagilar uning asosiy unsurlari hisoblanadi: chet el markaziy banklariga dollarni oltinga almashtirish AQSh hukumati tomonidan kafolatlangan; valutalarning bozor kurslari oltin yoki dollar pariteti doirasida +1% farqi qat’iy belgilangan; xalqaro valuta foizi xalqaro valutani tartibga solishni amalga oshiradi.
|
| |