• BOSHQARISH SAMARADORLIGI
  • BOSHQARISHNING IQTISODIY USULLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet140/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOSH DISTRIBYUTOR — u yoki bu firmaning muayyan bozordagi asosiy vakili. Bosh distribyutor tovar ishlab chiqaruvchi firmaning mahsulotlarini bevosita yoxud o‘ziga qarashli vositachilar (agentlar) tarmog‘i orqali sotish bilan shug‘ullanadi.
    BOSH HISOBCHI (BOSH BUXGALTER) — moliyaviy hisob-kitobni amalga oshirishga javobgar mansabdor shaxs.
    BOSH YUK — dengiz kemalari bilan tashiladigan har qanday qoplanib yoki o‘ramlanib joylangan yuk. Uning qoplanmasdan tashiladigan yuklar (bug‘doy, ruda, ko‘mir)ni tashishdan farqi shundaki, yuk tashuvchidan qoplangan yukka nisbatan alohida g‘amxo‘rlik talab etadi.
    BOSHQARISH — ma’lum tuzilmani saqlash, faoliyat tartibini qo‘llab-quvvatlashni saqlash, dasturni realizatsiya qilish, faoliyat maqsadlarini ta’minlovchi element, tashkiliy tuzilma vazifasi.
    BOSHQARISH SAMARADORLIGI – uning boshqariluvchi ob’ekt maqsadlariga erishishdagi va ijtimoiy-iqtisodiy samarasini ta’minlashdagi natijaviyligi bilan boshqarish xarajatlarini va unda foydalanilgan resurslarni taqqoslash orqali aniqlanadi.
    BOSHQARISH SAMARADORLIGINING IJTIMOIY MA’NOSI – boshqarishning joriy holatida eng ko‘p ijtimoiy samarani ta’minlashdir.
    BOSHQARISH SAMARADORLIGINING IQTISODIY MA’NOSI – boshqarish xarajatlarining joriy holatida makro va mikro darajada eng ko‘p iqtisodiy samarani ta’minlashni anglatadi.
    BOSHQARISHNING IQTISODIY USULLARI — jamiyat uchun zarur bo‘lgan natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy munosabatlarga va xodimlarning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish usullari. B.i.u. ma’muriy boshqarish usullaridan farq qiladi, bu ob’ektlarning mustaqilligi va tashabbusini cheklab qo‘ymaydi, davlat, korxona va har bir xodimning manfaatlarini to‘la-to‘kis qo‘shib olib borishga yordam beradi. B.i.u. jumlasiga xo‘jalik hisobi, iqtisodiy normativlar, qo‘shimchalar va chegirmalar tizimiga ega bo‘lgan narxlar, iqtisodiy rag‘batlantirish fondlari, mukofotlar, amortizatsiya ajratmalari, kredit, kapital mablag‘lar, jarimalar, ishlab chiqarishning pirovard-natijalaridan manfaatdorlik va h.k. kiradi. B.i.u. imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, korxonalar ishlab chiqarish potensiyalidan omilkorlik bilan foydalanish iqtisodiy samaradorlikni oshirishga olib keladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.