|
BOZOR TOMONIDAN YANGI TOVARNI O‘ZLASHTIRISH
|
bet | 137/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOZOR TOMONIDAN YANGI TOVARNI O‘ZLASHTIRISH — ko‘p tomondan xal qiluvchi darajada yangi tovarning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim tovarlar bir kunda mashhurlikka erishishi, boshqa tovarlar uchun bu uzoq vaqt talab qilishi mumkin.
BOZOR TURLARI — 1) ayirboshlash ob’ektining moddiy shakliga ko‘ra: iste’mol tovarlari va xizmatlari, ishlab chiqarish vositalari, moliya, valyuta, mehnat, intellektual tovarlar, shou-biznes bozorlari 2) ayirboshlash miqyosiga ko‘ra: mahalliy, regional, jahon bozorlari 3) amal qilish xususiyatiga ko‘ra: tartibli, tartibsiz, boshqariladigan bozorlar 4) iqtisodiy aloqalarga kirishish darajasiga ko‘ra: erkin, monopollashgan, monopol-raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozorlari 5) tovarlarning chetdan kelishiga qarab ochiq, yopiq va xufiya bozorlar bo‘ladi; 6) bozor joylashgan joyi, hajmi, sig`imi va h.k. ga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) Xalqaro jahon bozori — barcha jahon mamlakatlari kiradigan bozor (kapitalistik rivojlanayotgan va ayrim boshqa mamlakatlar).
b) Regional bozor — regional belgisi bo‘yicha mamlakatlar guruhini qamrovchi bozor (masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari Umumiy bozori).
c) Milliy bozor — barcha milliy hududni qamrovchi bozor.
d) Mahalliy bozor — mamlakatning bitta yoki bir qancha hududlari bilan cheklanadigan bozor.
e) Mahsulotlarning ma’lum turi yoki guruhlari yoki xizmatlari bozori (masalan, kompyuterlar, paxta, konsultativ xizmatlar bozorlari va h.k.).
BOZOR TUZILMASI — bozorning asosini quyidagi xarakterli xususiyatlari belgilaydi: firmaning soni va hajmi; har xil firma tovarlarining o‘zaro o‘xshashlik yoki aksincha, bir-biridan farq qilish darajasi; aniq bozorga kirish va chiqishning osonligi, bozor axborotidan foydalanish.
BOZOR XABARDORLIGI (ingl. Market awareness) — bozorda brendning xolati va uning hamma vaqt tanib olinishi. Bozor so‘ljayishi oqibatida zaiflashib qolishi mumkin.
BOZORDA BREND ULUSHI; BRENDNING BOZORDAGI ULUSHI (ingl. Brand share) — zamonning muayyan davrida muayyan bozorda ma’lum bir mahsulot foizlarda qanday ulushni egallab turganini namoyon etuvchi pul miqdori ko‘rinishida yoki sotuv hajmlarida o‘lchanuvchi statistik ma’lumotlar. Shuni unutmaslik kerakki, sotuvlar hajmi va tovar aylanmasi aynan bitta narsa emas. Tovar aylanmasi pulda ifodalansa, sotuvlar hajmi tovar birliklarida o‘lchanadi. Ana shu ko‘rsatkichlarga asoslanib sotuvlar tannarxini hisoblab chiqish hamda u samarali va tejamkorona yoki aksincha bo‘lishini hisoblab chiqish mumkin.
|
| |