• BOZOR MEXANIZMI
  • BOZOR MUVOZANATI
  • BOZOR OB’EKTI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet134/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOZOR KOORDINATSIYASI – korxona, firmalar faoliyatining bozor orqali moslashishidir.
    BOZOR KUCHLARI — bahoni aniqlovchi erkin bozorda talab va taklifga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar (sotib oluvchilar va sotuvchilar, kreditorlar va zayomchilar axloqiga).
    BOZOR LIKVIDLIGI — bozor fondining qimmatli qog‘ozlari ularning baholarini oqilona o‘zgartirish bilan miqdorini (sotib olish yoki sotish) oqilona o‘ziga singdirish qobiliyati. Likvidlik eng muhim bozor tavsiflaridan biri hisoblanadi.
    BOZOR MEXANIZMI — 1) bozor iqtisodiyotining faoliyatini tartibga solish va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlovchi dastak va vositalar. M: baho, talab va taklif, raqobat, pul-kredit; 2) B.m. – bozorning uchta asosiy tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’siri mexanizmi: taklif, talab va baho. Shu orqali talab va taklif qonuni, qiymat qonuni o‘z harakatini namoyon qiladi. B.m. xususiyati shundan iboratki, uning har bir elementi talab va taklifga ta’sir etuvchi asosiy ashyo bo‘lib xizmat qiladigan baho bilan uzviy bog‘liq talab bahoga teskari bog‘liq bo‘ladi: tovar bahosining oshishi bilan unga bo‘lgan talab qisqaradi va aksincha; 3) B.m. – bozor iqtisodiyotning faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir; 4) B.m. – bozor iqtisodining amal qilishi jarayonida uni tartiblash vositalari.
    BOZOR MUVOZANATI – 1) bozordagi talab va taklifning miqdori va tarkibiy jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Agar shunday muvofiqlik bo‘lmasa, bozor muvozanati izdan chiqqan hisoblanadi. Talab taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor o‘zining me’yordagi holati, faoliyatini yo‘qotadi; 2) B.m. talab va taklif tengligidagi bozor holati va baho darajasi. Muvozanat nuqtasi talab va taklif egri chizig‘i kesishgan joyda bo‘ladi. Tegishli baho muvozanati nuqtasi muvozanat bahosi deb ataladi, chunki aynan uning shunday darajasida talab va taklif tenglashadi; 3) B.m. talab va taklifning, yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro mutanosibligi. 4) B.m. – bozor muvozanati bozorning shunday holatiki, unda narxning ma’lum darajasi orqali taklifning hajmi talabga tenglashadi; 3) B.m. – cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ishlab chiqarish (taklif) va iste’molchi (talab)ning narx vositasida alohida va mikrobozorlardagi tengligini ta’minlashdir.
    BOZOR OB’EKTI — oldi-sotdi munosabatlarida qatnashayotgan iqtisodiy resurslar, iqtisodiy faoliyatning buyumlashgan va xizmatga aylangan natijalari, pul, qimmatli qog‘ozlar va hokazolar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.