• BOZOR QIYMATI
  • BOZOR RAZVEDKASI
  • BOZOR REPORTYORLARI
  • BOZOR RISKI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet135/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOZORDAGI OLIGOPOLIYA — marketing strategiyalaridagi birov-biroviga va baho belgilash siyosatiga o‘ta sezgir bo‘lgan oz sonli sotib oluvchilarning hukmronligi.
    BOZOR POTENTSIALI (ing., lot.) — ma’lum vaqt davrida bozorning u yoki bu segmenti tomonidan xarid yoki iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan absolyut yoki nisbiy tovarlar hajmi.
    BOZOR QIYMATI — tovar, qimmatli qog‘ozlar joriy bahosi hamda ular sotib olinish va sotilishi mumkin bo‘lgan baholar darajasi.
    BOZOR QONUNLARI - pul vositasida bozorda tovar ayirboshlashning mohiyatini ifoda etuvchi, uni boshqarib turuvchi ob’ektiv iqtisodiy qonunlar. Ular jumlasiga talab va taklif qonuni hamda pul muomalasi qonuni kiradi.
    BOZOR RAZVEDKASI — kompaniya “o‘yinchi” bo‘lgan bozor haqida ma’lumotlar; ma’lumotlar to‘plash uchun foydalaniladigan texnologiyalar; jumladan, ma’lumotlarning o‘zi ham.
    BOZOR REGULYATORI – 1) ijtimoiy ishlab chiqarishni ijtimoiy talabga muvofiqlashtirish orqali iqtisodiyotni tartibga soladi; 2) Bozor regulyatori (iqtisodiy regulyator) narx-navo. U barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi. Narx pasaysa tovarlar kosod bo‘ladi va ularni ishlab chiqarish pasayadi va to‘xtatiladi. Ular o‘rniga yangi tovarlar ishlab chiqarila boshlaydi. Aksincha, narx ko‘tarilsa, tovarlar bozorbop bo‘ladi va ularni ishlab chiqarish ko‘payadi. Demak, narx firmalarni bozorbop tovarlar ishlab chiqarishga undab turadi.
    BOZOR REPORTYORLARI — har bir bitimning savdo birjasi qoidalariga mos kelishini tekshirish va birja doirasidan tashqarida birja axborotini berish, tuzilgan bitimning to‘g‘riligini nazorat qilish uchun bitimlarni, kotirovkani ro‘yxat qiluvchi va kompyuter ma’lumotlariga kiruvchi birja xizmatkorlari.
    BOZOR RISKI — aktivlar qiymatini bozor bahosining tebranishiga bog‘liq ravishda o‘zgarish riskidir.
    BOZOR SEGMENTATSIYASI (ing., lot.) — bozor imkoniyatlarini tadqiq qilishni chuqurlashtirish iste’molchilar guruhlari va tovarlarning iste’mollilik xususiyatlariga bog‘liq holda bozorlarni qismlarga ajratish zarurligini talab etadi, bu esa keng ma’noda bozor segmentatsiyasi tushunchasini bildiradi. Maqsadli bozorni tanlashning uch uslubi mavjud: 1) ommaviy marketing; 2) bozor segmentatsiyasi; 3) ko‘plab segmentatsiya. Iste’molchilar qanday mamlakatga yoki ijtimoiy qatlamga tegishli bo‘lmasin, har doim bir xil ehtiyojlarga ega bo‘lgan va ega bo‘ladi (oziq-ovqat, kiyim, dori-darmon va h.k.). Ammo iste’molchilar ularning ko‘p sonli va murakkab ehtiyojlariga ko‘ra (guruhlarning talab xarakteristikalari bo‘yicha) cheklangan va bir xil bo‘ladi. Shuning o‘zini B.s. deyiladi. B.s. iste’molchilarning tovarga bo‘lgan talablari va iste’molchilarning o‘zlarining xarakteristikasini batafsil bilishni talab etadi. B.s. bir qancha turda bo‘ladi: a) makrosegmentatsiya — regionlar, mamlakatlar bo‘yicha bozorlarning bo‘limi; b) mikrosegmentatsiya — eng batafsil mezonlar bo‘yicha bir mamlakat doirasida; v) ichkari tomon segmentatsiya — keng ko‘lamdagi iste’molchilar guruhlaridan boshlanadi, keyin esa chuqurlashib, torayib boradi (qo‘l soatlari, erkaklar uchun soatlar, ishbilarmon erkaklar uchun soatlar); g) eniga segmentatsiya — cheklangan guruhlardan boshlanadi, keyin esa kengayib boradi; d) dastlabki segmentatsiya — ko‘p sonli mumkin bo‘lgan bozor segmentlarini qamraydi; e) eng so‘nggi segmentatsiya — optimal bozor segmentlarini aniqlashning so‘nggi bosqichini aniqlaydi. Individual iste’mol qiluvchi va ishlab chiqarishga tayinlangan tovarlar iste’molchilari segmentatsiyasini farqlash zarur. Iste’mol tovarlari segmentatsiyasining asosiy mezonlari: geografik (iqlim, relef); demografik, iqtisodiy (talabning bahoga bog‘liqligi); mulkiy (aholi qatlamlari daromadlari darajasi); ijtimoiy, madaniy, psixologik,milliy, jinsi, yoshi va h.k. Ishlab chiqarishga tayinlangan tovarlar segmentatsiyasi mezonlar: ishlab chiqarish iqtisodiy mavjud tovarlarni iste’mol qiluvchi tarmoqlar va korxonalar holati, texnologik jarayonlar, iste’molchi kompaniyasi hajmi, iste’molchi kiruvchi iqtisodiy region va h.q. (xarid qilishni tashkil etishning o‘ziga xosligi, jadalligi, yetkazish shartlari, haq to‘lash hajmi, hisob-kitob metodi); sotib olishi, buyurtma berish bilan bog‘liq bo‘lgan kishining shaxsiy xarakteristikasi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.