|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 132/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOZOR IQTISODIYOTI – 1) B.i. – iqtisodiy munosabatlar bozor qonunlari orqali boshqariladigan, erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, antimonopol yo‘nalishdagi ishlab chiqarish usuli rivojlanishining navbatdagi bosqichini o‘rganadigan fan. 2) B.i. – erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir; 3) B.i. – erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopilizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan va boshqarilib (tartibga solinib) turuvchi iqtisodiyotdir. 4) tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
BOZOR IQTISODIYOTI QONUNLARI — inkor qilish jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga olib kelmaydigan ob’ektiv harakat qiluvchi bozor qonunlari. Ularga quyidagilar kiradi: 1) tovar ishlab chiqaruvchining ma’muriy erkinligi va mustaqilligi; 2) tovar ishlab chiqaruvchi o‘z mehnati natijasining egasi bo‘lishi kerak 3) xom-ashyo yetkazib beruvchilar va mahsulot iste’mol qiluvchilarni erkin tanlash; 4) tovarlar ishlab chiqarishni demonopolizatsiya qilish; 5) progressiv soliq siyosati va boshqalar.
BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANAYOTGAN MAMLAKATLAR — bozor islohotlarini amalga oshirishda jiddiy yutuqlarga erishgan, milliy bank-moliya tizimini mustahkamlash va jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvga erishgan rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik mamlakatlar guruhi.
BOZOR IQTISODIYOTIGA BOSQICHMA -BOSQICH O‘TISH — ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotni xo‘jalik faoliyatining markazlashuvini yo‘qotish, narxlar va tashqi iqtisodiy aloqalarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar asosida isloh qilish.
BOZOR IQTISODIYOTIGA XOS TAQSIMOT QONUNI – bunda moddiy ne’matlar va xizmatlar resurslar bergan pirovard natijasiga qarab, ularning egalari o‘rtasida taqsimlanadi.
BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH DAVRI – turli bozor islohotlarini amalga oshirish yo‘li bilan bozor iqtisodidan avvalgi iqtisodiy munosabatlarni bozor iqtisodi munosabatlariga aylantirish davri. O‘zbekistonning bozor iqtisodiga o‘tishi uch bosqichda amalga oshmoqda.
|
| |