|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 129/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BONUS CHEGIRMALARI – muayyan davr mobaynida kelishilgan miqdorda mahsulot xarid qilgan taqdirda doimiy xaridorlarga beriladigan chegirmalar.
BONUSLI AJRATMA – rag‘batlantiruvchi ajratma.
BONUSLI EMISSIYA – aksiyadorlar o‘rtasida bepul taqsimlash maqsadida aksiyalar chiqarish.
BONUSLI QADOQ — chakana savdo nuqtasida tovarlar katta miqdori saqlanadigan, ammo odatdagi narxlarda sotiladigan mahsulot qadog‘idir. Reklama maqsadlarida bu hodisa har doim odatda reklama sarlavhasi ko‘rinishidagi tovar qadog‘iga ishora qiladi.
BOQI PULI — Buxoro amirligida ariqlar, katta kanallar, to‘g‘onlar qurilishi va ta’mirlash ishlariga erkak aholi hasharga jalb qilib turilgan. Ushbu hasharga jalb etilmagan aholi jarima hisobida “boqi puli” to‘laganlar. Ular qurilish materiallar olishga sarflagan.
BOQIMONDA — qoldiq qarz, undirilmagan soliq va shu kabilar.
BOQIMANDA — belgilangan muddatda budjetga o‘tkazilmagan va so‘zsiz undirilishi lozim bo‘lgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning summasi.
BOQIYA PULI — Buxoro amirligida XIX asr – XX asr boshida mavjud bo‘lgan soliq turi. Ushbu soliq turi irrigatsion inshootlar zaruriyati uchun olingan.
BORD (ing.) — sotuvchi hisobidan tovarning kema bortiga yetkazib berish kerakligini talab etuvchi shart.
BORDERO (fr.) — bank bankir yoki birja makleri tomonidan B. operatsiyasini uning qimmatbaho qog‘ozlari bilan amalga oshirishga topshiriq beruvchi shaxs nomiga tuziladigan realizatsiya qilingan qimmatbaho qog‘ozlarning (aksiyalar, obiligatsiyalar, veksellar va h.k.) mukammal ro‘yxati.
BORT-BROKER – opsionlarning tartibga solinadigan va raqobatbardosh bozorini kafolatlovchi broker.
BOYENT (ing.) — umumiy noqulay shart- sharoitlar munosabati bilan baholar yengilgina oshadigan bozor holati.
BOYKOT (ing.) — shaxs, tashkilot, davlat bilan to‘la yoki qisman munosabatlarni to‘xtatishdan iborat siyosiy va iqtisodiy kurash uslubi; ma’lum tovarlar, xizmatlar va h.k. sotib olish yoki sotishdan voz kechish.
BOZOR – 1) sotuvchi va xaridor o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmui. Bozordagi talab va taklif iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy omillar ta’sirida shakllanadi. Talab yo‘q, o‘tmay qolgan narsa, mol haqida “B. kasod”, talab yuqori bo‘lgan, tez o‘tadigan narsa, mol haqida esa “B. chaqqon” deyiladi. “B. ko‘tarmaydi-” bu tovarni ushbu narxga bozorda hech kim olmaydi degan ma’noni anglatadi; 2) B. (ing.) — tovar ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlarini aniqlovchi va o‘rnatuvchi tovar muomalasi, tovar oboroti sohasi. Tovar-pul muomalasi sohasida yana ikkita juda muhim ijtimoiy-iqtisodiy jarayon yuz beradi. Birinchidan, bu yerda tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan qo‘shimcha va ayrim hollarda zaruriy mahsulotni qayta taqsimlash jarayoni davom etadi. Nafaqat ob’ektiv, ayni paytda tasodifiy sub’ektiv sabablar ta’sirida “Erkin bozorda” noekvivalent, chayqovchilarning oldi-sotdi bitimlari ro‘y berib turadi. Natijada bir xillar haddan tashqari boyib ketishadi, boshqalar esa o‘zlarining ishlab topgan daromadlarini boy berishadi. Ikkinchidan, tovarning oldi- sotdi akti natijasida mulk sub’ektlari almashuvi yuz beradi. Tovar sotilganda unga yangi xo‘jayin paydo bo‘ladi, bozor qonunlariga ko‘ra o‘zi xtiyori bo‘yicha sotib olingan buyum yoki boshqa boyliklar foydalaniladi va xo‘jayinlik qilinadi.
Bozor ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning shunday yo‘liki, bunda tovar ishlab chiqaruvchilar ularni sotib oluvchilar talabiga yo‘naltiradi va quyidagilarni xal etadi: a) qachon, qancha miqdorda va qanday tovarlarni ishlab chiqarish; b) bu tovarlarni qanday ishlab chiqarish (qanday resurslar va qanday texnologiya yordamida); d) qanday iste’molchilar uchun tovarlar ishlab chiqariladi.
Bozorning normal faoliyat qilishi uchun qator shart-sharoitlarni ta’minlash zarur: a) bozor, tovar-bozor munosabatlari faqat jonlantiriladigan mulk asosida realizatsiya qilinishi mumkin, bu degani tovar ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalari xo‘jayini hisoblanadi va o‘z mehnati natijalaridan erkin foydalana oladi; b) ijtimoiy ishlab chiqarish barcha ishtirokchilarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyati erkin bo‘lishi zarur; d) barqaror va ishonchli valyutaning mavjudligi; e) aniq tartibga solingan kredit va moliya munosabatlari tuzilmasi; f) ishlab chiqaruvchilar va boshqaruvchilarning tashkiliy va psixologik jihatdan ishonchli bozor munosabatlariga o‘rnashib olish mahorati. Bozor xo‘jaligini yaratish quyidagi masalalarni yechishni talab etadi: denatsionalizatsiya va iqtisodiyotni to‘liq mafkuradan ozod etish hamda raqobat; 3) B. - keng ma’noda tovarlar ishlab chiqarish, ularning muomalasini tashkil etish, taqsimlash, turli xizmatlar ko‘rsatish ishlarini bajarish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimi. Bu munosabatlarga ishtirokchilarning sotuvchi va xaridorni tanlash, baho belgilash, resurs manbalarini shakllantirish va ulardan foydalanish sohalarida erkin ekanliklari xosdir. Bozor turli mulkchilik sub’ektlari ishtirokini taqozo etadi.
Tor ma’noda bozor deganda tovarlar va kapitalning erkin muomalada bo‘lish doirasi, ishchi kuchi va boshqa ishlab chiqarish omillarining erkin harakati tushuniladi. Tovarlar bozori, xizmatlar bozori, kapital bozori, ish kuchi bozori, g‘oyalar va axborotlar bozori kabilar mavjud bo‘ladi. Bozor o‘zining hududiy chegaralariga ega bo‘ladi.
Bozor yuridik ma’noda tovar, kapital, xizmatlar va boshqa ob’ektlarini sotish, sotib olish, ayirboshlash, foydalanish huquqlaridan foydalanish va hokazo fuqarolik-huquqiy bitimlar ijro etiladigan hudud, makon; 4) B. bu iqtisodiy kategoriya sifatida xaridorlar va sotuvchilar hamda tovarlar va pul harakati bo‘yicha savdo vositachilari o‘rtasidagi muayyan iqtisodiy munosabatlar majmui bo‘lib, u bozor munosabatlari sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi va mehnat mahsulotlari ayirboshlanishini ta’minlaydi; 5) ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo`ladigan munosabatlar yig‘indisidir. Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatini natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir; 6) B. tovar-pul munosabatlari amalga oshadigan joy, tovar ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar bilan ularni iste’mol qiluvchilar o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlari.
|
| |