• BOJXONANI TOZALASH
  • BOJXONA TIZIMINING MAJBURIYATLARI




    Download 0,64 Mb.
    bet126/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOJXONA TIZIMINING MAJBURIYATLARI — O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga ko‘ra, bojxona organlari: yagona davlat bojxona siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga; bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojlar to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilishga; davlat havfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish chora- tadbirlari amalga oshirilishiga ko‘maklashishga; bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llanish bo‘yicha belgilangan tartibda uslubiy ko‘rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni nashr etishga; yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish hamda bojxona chegarasidan o‘tish vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishga; faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishga; o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni oshkor etmaslikka majburdirlar.
    BOJXONANI TOZALASH — bojxona tomonidan beriladigan hujjat; u bojxona bojlari to‘langanligi va boshqa talablar bajarilganligini tasdiqlovchi; kema uchun portdan chiqishga rasmiy ruxsat hisoblanadi.
    BOJXONA TO‘LOVLARINING TURLARI - Bojxona kodeksining 103-moddasiga ko‘ra bojxona to‘lovlarining turlari boj; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; bojxona hududida qayta ishlash rejimidan va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bog‘liq ruxsatnomalarni berganlik uchun yig‘imlar; bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘imlar; bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imi; tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi; tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yig‘imi; dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun haq.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   485




    Download 0,64 Mb.