• BOJXONA TARIFI (ing., fr.)
  • BOJXONA TEKSHIRUVI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet125/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOJXONA SIYOSATI (ing., gr.) — 1) davlatning iqtisodiy va tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi. Davlat tomonidan mamlakatga import qilinadigan tovarlardan bojxona solig‘i olishning ma’lum tartibi va ular tomonidan bojxonaning kelib chiqish rasmiyatchiligini o‘rnatish maqsadida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar tizimi. B.s. amalga oshirishning asosiy vositalari quyidagilar: bojxonani tartibga solishning iqtisodiy instrumentlar tizimi, sanoat tovarlari va bojxona konventsiyalari erkin savdo zonalari, bojxona ittifoqlariga ishtirok etish; chegaradan yuklarni olib o‘tishning o‘rnatilgan tartibi, bojxona nazoratining davlat organlari shoxobchalari, bojxona faoliyatining zaruriy qonuniy normalari. Amaliyotda B.s. tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ikkita eng muhim prinsipal yondashishdan bittasiga asoslanadi: erkin savdo va protektsionizm; 2) B.s. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini rag‘batlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat.
    BOJXONA TARIFI (ing., fr.) — 1) boj olinadigan tovarlar, boj olinmaydigan tovarlar, olib kelish, chiqarish yoki tranzit taqiqlangan tovarlar ro‘yxati hamda bojxona boji stavkalari; 2) O‘zbekiston Respublikasi “Boj tarifi to‘g‘risida”gi qonunining 2-moddasiga ko‘ra, Boj tarifi bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi prinsiplari va qoidalariga muvofiq holda bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan boj stavkalarining to‘plamidir. Tovar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    BOJXONA TEKSHIRUVI — davlat chegarasi orqali o‘tadigan tovarlar, transport vositalari, shaxsiy buyumlar va buyumlarni tekshirish. Bojxona tomonidan ularni keltirish, chiqarish yoki tranzit qilish qonuniyligini o‘rnatish, bojxona boji olish, kontrabanda buyumlarini oshkor qilish uchun buyum xarakteristikasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.