|
BOJXONA TO‘LOVLARINI TO‘LASHNI KECHIKTIRISH VA BO‘LIB-BO‘LIB TO‘LASH MUDDATI
|
bet | 127/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOJXONA TO‘LOVLARINI TO‘LASHNI KECHIKTIRISH VA BO‘LIB-BO‘LIB TO‘LASH MUDDATI — Bojxona to‘lovlarini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim. Ishlab chiqaruvchi korxonalarga eksport mahsuloti ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan import qilinayotgan moddiy-texnika resurslari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha uni to‘lashni foiz undirilmagan holda to‘qson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomidagi dehqon xo‘jaliklariga o‘z ehtiyojlari uchun import qilayotgan uskunalar, xom-ashyo va moddiy resurslar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashni (bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlari bundan mustasno) foiz undirilmagan holda to‘qson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi.
BOJXONA TO‘LOVLARI TO‘LANISHINI TA’MINLASH — Bojxona to‘lovlarini to‘lash tovarlar va transport vositalarini garovga qo‘yish, uchinchi shaxsning kafolati yoxud tegishli summalarni bojxona organining depozit hisobvaragiga o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlanadi.
BOJXONA YUK DEKLARATSIYASI — chegara orqali yuklarni olib chiqishda bojxona organlariga taqdim etish uchun yuk to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni qamrab olgan hujjat.
BOJXONA CHEGARASI — 1) yagona bojxona qonuniga amal qiluvchi va tashqi savdoda yagona statistik hisob yurituvchi hudud chegarasi. B.ch. agarda mamlakatda erkin iqtisodiy zonalar yoki porto-franko bo‘lmasa, davlatniki bilan mos keladi; 2) O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 3-moddasiga ko‘ra, Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi.
BOJXONANING ASOSIY VAZIFALARI - O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga ko‘ra, bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish; O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy havfsizligini ta’minlash; bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish; bojxona to‘lovlarini undirish; bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlash; bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo‘yish; tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish; O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.
|
| |