• BOJXONA QIYMATI
  • BOJXONA RASMIY BELGISI
  • BOJXONA RASMIYLASHTIRUVI
  • BOJXONA ORGANLARIDA LITSENZIYA BERISH




    Download 0,64 Mb.
    bet124/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOJXONA ORGANLARIDA LITSENZIYA BERISH — Bojxona organi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni, erkin omborni ta’sis etish uchun besh yil muddatga litsenziya beradi. Litsenziya besh yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga binoan berilishi mumkin. Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan ta’sis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi.
    BOJXONA QIYMATI — O‘zbekiston Respublikasi “Boj tarifi to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasiga ko‘ra, Bojxona qiymati ushbu Qonunga muvofiq belgilanadigan va bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir. Bojxona qiymati o‘tkaziladigan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona organiga deklarant tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda ma’lum qilinadi (deklaratsiyaga kiritiladi). Bojxona qiymatini aniqlash to‘g‘ri va hujjatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlarga asoslanishi lozim.
    BOJXONA RASMIY BELGISI — bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo (dengiz va hokazo) kemalari o‘z bayrog‘iga ega bo‘ladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega bo‘ladi.
    BOJXONA RASMIYATCHILIKLARI — bojxona tomonidan tovarlarni, qiymatliklar, shaxsiy buyumlar va boshqa buyumlarni keltirish va chiqarishni talab qilish yoki amalga oshirish harakatlari.
    BOJXONA RASMIYLASHTIRUVI — tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui.
    BOJXONA REJIMLARI — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 3- moddasiga ko‘ra, Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish ularning bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi. Quyidagi turdagi bojxona rejimlari belgilanadi: 1) erkin muomalaga chiqarish (import); 2) reimport; 3) eksport; 4) reeksport; 5) tranzit; 6) vaqtincha olib kirish (olib chiqish); 7) vaqtincha saqlash; 8) bojxona ombori; 9) erkin bojxona zonasi; 10) erkin ombor; 11) boj olinmaydigan savdo do‘koni; 12) bojxona hududida qayta ishlash; 13) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; 14) yo‘q qilish; 15) davlat foydasiga voz kechish. Shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga o‘zgartirishga haqli.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOJXONA ORGANLARIDA LITSENZIYA BERISH

    Download 0,64 Mb.