|
BOJXONA DEKLARATSIYASINI TOPSHIRISH MUDDATLARI
|
bet | 120/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOJXONA DEKLARATSIYASINI TOPSHIRISH MUDDATLARI — Bojxona deklaratsiyasini topshirish muddati tovarlar va transport vositalari bojxona organlariga ko‘rsatilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan oshmasligi lozim. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlardagi tovarlarni qo‘l yuki va bagaj holida bojxona chegarasidan olib o‘tishda bojxona deklaratsiyasi tovarlarni ko‘rsatish bilan bir vaqtda topshiriladi. Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganidan keyin ko‘pi bilan uch soat, bojxona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishiga ko‘pi bilan uch soat qolganida deklaratsiyalanadi.
BOJXONA HUDUDI – 1) O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 3- moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo bo‘shlig`i bojxona hududini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo‘lishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi; 2) unga nisbatan keltirish, chiqarish, tranzit tovarlar, qiymatliklar va boshqa buyumlari tartibga soluvchi qonunlar va qoidalar to‘liq hajmda qo‘llaniladigan territoriya. Shunday hududga nisbatan ayrim bojxona ta`riflari va savdoni tartibga soluvchi boshqa vositalar qo‘llaniladi.
BOJXONA HUQUQI — bojxona sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi normativ-huquqiy hujjatlar majmuasidan iborat bo‘lib, u qonunchilik tizimining sohasi sifatida o‘rganiladi. Bojxona huquqi fan sifatida bojxona-huquqiy munosabatlari, bojxona rejimining turlari, bojxona-huquqiy javobgarligi va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari bojxona huquqiy o‘quv fani sifatida, oliy yuridik va iqtisodiy o‘quv yurtlarida maxsus kurs tarzida o‘qitiladi.
BOJXONA IMTIYOZLARI — yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning tovarlari, qimmatbaho narsalari, shaxsiy buyumlari va boshqa turdagi predmetlarni biron-bir mamlakat hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit orqali olib o‘tishlarida beriladigan ustunliklar majmuasi. Bojxona imtiyozlari umum qo‘llaniluvchi bojxona rejimidan ajratilib, istisno tariqasida qulaylik berish tartibi asosida qo‘llaniladi. Bojxona imtiyozlari bojxona to‘lovlari va yig‘imlaridan ozod etish, tovarlar, shaxsiy buyumlarni bojxona chegarasidan soddalashtirilgan tartibda olib o‘tish yoki bojxona chegarasidan olib o‘tilishi umumiy tartibda taqiqlangan qandaydir predmetlarni olib kirish, olib chiqishda bojxona rejimi to‘liq qo‘llanilmasligida namoyon bo‘ladi. Yuridik xususiyatiga ko‘ra bojxona imtiyozlari quyidagilarga: xalqaro shartnoma asosidagi konvensiyali imtiyozlar; bir taraflama, ya’ni biron-bir davlat tomonidan bir tomonlama belgilanadigan imtiyozlar. Birinchi turdagi imtiyozlar 1961 yilda qabul qilingan Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida nazarda tutilgan.
|
| |