|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 117/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DO‘KONI - Boj olinmaydigan savdo do‘koni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari ushbu Kodeksga muvofiq belgilaydigan joylarida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi. Boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimida realizatsiya qilinishi mumkin. Boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo do‘konlarida realizatsiya qilinadi.
BOJXONA – 1) chegara orqali o‘tadigan jami yuklarni, shu jumladan bagaj va pochta jo‘natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi. U o‘tkazilayotgan yuklarni tekshirish va ulardan yig‘imlarni undirish bilan shug‘ullanadi. Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yo‘l stansiyalarida, chegara hududlarida va mamlakatning yirik markazlarida joylashadi; 2) Bojxona (ing.) — yuklarni va shaxslarni chegaradan o‘tkazishda hisob va nazoratni amalga oshiruvchi davlat bojxona xizmati mahkamasi. B. chegara punktlari, aeroportlar, dengiz va daryo portlarida tashkil etiladi va mavjud bo‘ladi, shular orqali tovarlar va mol-mulklar chet elga jo‘natiladi va chet eldan olib kelinadi. B. asosiy vazifalari bojxona nazorati, o‘rnatilgan bojxona tariflariga muvofiq bojxona boji va bojxona tushumlarini hisoblash va olish, bojxona statistikasi yuritishdan iboratdir. B. ayni paytda, yuklarni, bagajlarni, boshqa mol-mulkni va davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni shaxsan tekshiradi. Zarur holatlarda sanitariya- karantin, veterinariya, fitosanitariya nazorati, mamlakatdan madaniy va tarixiy qimmatbaho narsalarni olib chiqishni nazorat qilishni amalga oshiradi. B. bosh vazifasi kontrabandaga qarshi kurash va bojxona ishi to‘g‘risida qonunlarga rioya qilishni ta’minlashdan iboratdir.
BOJXONA BAHOSI — O‘zbekiston Respublikasi “Boj tarifi to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasiga ko‘ra, Bojxona bahosi O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar qiymatini bojxonada aniqlashning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladigan usullari tizimidir. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
|
| |