• BOJXONA BAYONOTI
  • BOJXONA BAHOSINI HISOBLAB CHIQARISH USULLARI




    Download 0,64 Mb.
    bet118/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOJXONA BAHOSINI HISOBLAB CHIQARISH USULLARI - Olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga qarab baholash; * aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash; * o‘xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash; * qiymatlarni chegirib tashlash asosida; * qiymatlarni qo‘shish asosida; * rezerv usul.
    BOJXONA BAYONOTI — qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjat. Chegara orqali o‘tayotgan yuk (eksport- import tovarlari, kishilarga tegishli yuklar, qo‘ldagi anjom-buyumlar va boshqalar) haqidagi ma’lumotlar to‘plami.
    BOJXONA BOJLARI — 1) ma’lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni kiritish, undan chiqarish va olib o‘tishda undiriladigan iste’mol soliqlaridan biri. Asosiy maqsadi daromad olish, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va qishloq xo‘jaligini himoya qilishdir. Davlatning iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi bilan ichki bozordagi huddi shunga o‘xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi lozim. Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus me’zonlar ham qo‘llanilishi mumkin; 2) Bojxona boji (ing.) — mamlakat chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlar, qimmatbaho narsalar va mol-mulkdan bojxona muassasalari tomonidan olinadigan davlatning pul tushumlari (soliqlari). B.b. olib kelinadigan, yuboriladigan va tranzit tovarlardan olinadi. Uning hajmi B.b.da olinadigan tovarlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bojxona tariflari asosida belgilanadi. Bojxona tarifida tovarlar ishlanish darajasiga (tayyor buyumlar, yarim fabrikatlar, xom-ashyo) bog‘liq holda va kelib chiqishi bo‘yicha (sanoat, qishloq xo‘jaligi, mineral xom- ashyolar va h.k.) guruhlanadi. Soliq olish metodlari bo‘yicha “advalor” B.b. (tovar bahosidan foiz) yoki o‘rnatilgan tovar birligi uchun qat’iy stavka shaklidagi B.b. (dona, og‘irlik hajmi, uzunlik va h.k.) farq qiladi. B.b. import tovarlar bahosini qimmatlashtiradi va shu bilan davlatga ichki bozorni himoya qilish, import hajmi va uning tuzilmasini tartibga solish imkonini beradi; 3) Bojxona boji — bojxona organlari tomonidan tovarlar import va eksport qilinayotganda undiriladigan hamda eksport-importning sharti hisoblangan majburiy to‘lov.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOJXONA BAHOSINI HISOBLAB CHIQARISH USULLARI

    Download 0,64 Mb.