• BIZNESNING TASHQI MUHITI
  • BLANK–VAUCHER
  • BLANKOVIY (fr.)
  • BLANKOVIY VEKSEL
  • BIZNES TARKIBINI O‘ZGARTIRISH BO‘YICHA QARORLAR




    Download 0,64 Mb.
    bet115/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIZNES TARKIBINI O‘ZGARTIRISH BO‘YICHA QARORLAR – korxonaning tanlagan rivojlanish strategiyasiga muvofiq uning tashkiliy tuzilmasini mukammallashtirish, ishlab chiqarishni markazlashmagan holda boshqarish imkonini beruvchi boshqaruv qarorlari.
    BIZNESMEN - (inglizcha business-ish, man-odam) — 1) biznes bilan shug‘ullanuvchi shaxs, korchalon; 2) ishbilarmon, kommersant, tadbirkor; umuman, foyda yoki boshqa naflar keltiruvchi o‘z mablag‘lariga ega bo‘lgan, har qanday iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishi. U katta bo‘lmagan korxonaning yagona mulkdori, Aksioner jamiyat boshqaruvchisi, korxona rahbari va xo‘jalik birlashmasining menejeri (yollangan boshqaruvchi) bo‘lishi mumkin.
    BIZNESNING TASHQI MUHITI – korxonaning faoliyat ko‘rsatishiga ta’sir etuvchi barcha shartlar va tashqi muhit omillaridir.
    BLANK (fr.) — ma’lum forma bo‘yicha hujjat tuzish uchun muassasa, korxona, tashkilot tomonidan bosma usulda tayyorlangan yoki qisman matnli nashr qog‘oz varag‘i.
    BLANK–VAUCHER – bajarilgan va nihoyasiga yetkazilgan tijorat operatsiyasi haqida ma’lumotlarga ega varaqa. U odatda ta’minotchining to‘lovnomasiga biriktirib qo‘yiladi.
    BLANKET NORMASI — davlat organlariga, vazifador shaxslarga axloqiy qoidalar, taqiqlar va h-k. mustaqil o‘rnatish uchun berilgan huquq me’yori.
    BLANKOVIY (fr.) — blankka tegishli.
    BLANKOVIY INDOSSAMENT (fr., nem.) - benefitsiar nomi ko‘rsatilmagan holda o‘tkazadigan yozuv.
    BLANKOVIY KREDIT — faqat kredit beruvchining shaxsiy ishonchiga asoslangan, ammo moliyaviy ta’minlanmagan kredit.
    BLANKOVIY VEKSEL — faqat veksel egasining imzosi qo‘yilgan, ammo matn yozilmagan veksel.
    BLANKOVIY YOZUV — veksel egasi tomonidan vekselning orqa tomoni to‘ldirilgan, ammo oluvchining nomi ko‘rsatilmagan veksel.
    BLANKOVIY CHEK (fr., ing.) —summasi qo‘yilmagan chek.
    BLESSA – qimmatli qog‘ozlar kursini yoki tovarlar narxini pasaytirish maqsadida olib boriladigan birja chayqovchiligi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BIZNES TARKIBINI O‘ZGARTIRISH BO‘YICHA QARORLAR

    Download 0,64 Mb.