|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 111/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BIRJA (YARMARKA) SHARTNOMASI - Birja (yarmarka) savdolarida tuzilgan kontrakt, bunda to‘lov va hisob-kitob O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasi «so‘m»da va birja (yarmarka)da ro‘yxatga olingan erkin ayirboshlanadigan valutada amalga oshiriladi.
BIRJA CHUQURI – birja savdo zalining odatdagidan pastroqda joylashgan qismi. Bu yerda birja a’zolari tomonidan birja bitimlari tuzilishiga ruxsat etiladi.
BIRJADA AYLANIB YURISH — 1) chet el valutalari, qimmatli qog‘ozlari (aksiyalar va obligatsiyalar) kurslarini yoki birjada tovarlarning narxini belgilash; birjada qimmatli qog‘ozlar yoki tovarlarning aylanishi; qimmatli qog‘ozlar, chet el valutalari, tovarlarning birja kursi to‘g‘risida rasmiy e’lon qilish. Birjada aylanib yurish odatda, tovar, fond yoki valuta birjasining maxsus organi (narx belgilash komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi va tovarlar, qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar va obligapiyalar) kurslari va chet el valutalari kurslari ulgurji narxlarining birja axborotnomalarida nashr qilinadi. Birjalarda aylanib yurishga mamlakat iqtisodiyotining u yoki bu sohasida ishlab chiqarishning ustunlik qiladigan qismini nazorat qiluvchi cheklangan sondagi aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlari qo‘yiladi. Chet el valutalarining kursi davlat organlari tomonidan belgilanadi. Chet el valutasining birjada aylanib yurishining asosiy ikki usuli mavjud: bevosita va bilvosita. Chet el valutasi birligining milliy valutada ifodalanuvchi bevosita birjada aylanib yurish ko‘proq tarqalgan. Asosan Buyuk Britaniyada qo‘llaniladigan bilvosita birjada aylanib yurishda milliy valuta birliklari chet el valutasiga tenglashtiriladi; 2) sug‘urta qilishda mukofot miqdori, bunda sug‘urtalovchi tegishli tavakkalchilikni sug‘urta qilishga tayyor bo‘ladi. Mukofot bir necha sug`urtalovchilardan sug`urta qilishning qulayroq shartlarini aniqlash maqsadida olingan bo‘lishi mumkin. O‘z- o‘zidan sug‘urtalovchidan mukofotni olish mukofotni bergan sug‘urtalovchining mukofot tavakkalchiligi sug‘urtalanganligini bildirmaydi.
|
| |