• BIRJA RINGI (nem., ing.)
  • BIRJA RO‘YXATI (nem.)
  • BIRJA SAVDOSI
  • BIRJA SAVDOSI ISHTIROKCHILARI
  • BIRJA SESSIYALARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet109/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIRJA RAHBAR ORGANI — birjani boshqaruvchi, birja siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi organ. Boshqaruv yoki gubernatorlar kengashi bo‘lishi mumkin. Bir qancha birja xizmatchilaridan, gubernatorlardan va tashqi gubernatorlardan iborat. B.r.o. yordam berish uchun har xil qo‘mitalar tuziladi: auditor, budjet, birja indekslari, optsionlar, listing, savdo zali protseduralari bo‘yicha.
    BIRJA RINGI (nem., ing.) — 1. Birja savdolari o‘tuvchi fyuchers birjasidagi joy. Termin shundan dalolat beradiki, London nodir metallar birjasi, TSyurix va ayrim boshqa Yevropa birjalaridagi birjachilar doira bo‘lib turadilar yoki o‘tiradilar; 2. Termin besh daqiqalik davrni belgilash uchun iste’mol qilinadi, chunki shu vaqt davomida har bir alohida metall bilan savdo yuritiladi.
    BIRJA RO‘YXATI (nem.) — birjadagi kompaniyaning u operatsiyalarni amalga oshirishga qo‘yilgunga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligi. B.r. axboroti uchun taqdim etiladigan hajmlar va har xil mamlakatlardagi yuridik xarakteridagi har xil talablar anchagina farq qilishi mumkin.
    BIRJA SAVDOSI — 1) birjalarning vositachiligida amalga oshiriladigan savdo; 2) birja savdolari – birja tomonidan, birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovarining savdosi. Birja savdolari birjada markazlashtirilgan tarzda va ushbu savdolarda birjaning barcha a’zolariga bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda o‘tkaziladi.
    BIRJA SAVDOSI ISHTIROKCHILARI — brokerlar, birja maklerlari, bosh makler, brokerlar va birja maklerlari yordamchilari. B.s.i. dan tashqari birjada operatsiya zaliga quyidagi shaxslarga ruxsat beriladi: birja xodimlari, bosh boshqaruvchi, boshqaruv raisi, davlat komissari va Birja Kengashining mas’ul a’zosi hamda Birja Kengashi tomonidan ruxsat berilgan shaxslar.
    BIRJA SESSIYALARI – 1) birja faoliyatining rasmiy qismi, bu davrda birja bitimlari tuziladi; 2) maxsus birja sessiyasi, bu davrda baholar kotirovkasi birja raisi belgilaydigan qat’iy tartiblarda amalga oshiriladi.
    BIRJA SOLIG‘I — 1) birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan soliq. Proporsional stavkalar bo‘yicha olinib, uning darajasi bitimlar summasiga nisbatan 1 foizdan 2,5 foizgacha tebranadi. Uning soliqqa tortish ob’ekti bo‘lib, fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti (aylanmasi) hisoblanadi. Soliqqa tortishda asos sifatida qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarning imzolanishi maydonga chiqadi. Soliqning ikki xil ko‘rinishi bo‘lishi mumkin: a) birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan respublika solig`i. Uning soliqqa tortish ob’ekti-fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti (aylanmasi)ning hajmi. Soliq respublika budjetiga borib tushadi; 2) birja oborotiga soliq, soliq olish ob’ekti — fond birjasidagi qimmatli qog‘ozlar oboroti: aksiyalar, obligatsiyalar, investitsiya sertifikatlari va h.k. B.s. olishga asos bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim xizmat qiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.