• BIRJA TAQIQLARI VA BUZILISHLARI
  • BIRJA TOVARI
  • BIRJA TUZILMASI (nem., lot.)
  • BIRJA TO‘S - TO‘POLONI (halokati)
  • BIRJA VAHIMASI (birja halokati)
  • BIRJA SPEKULYATSIYASI (nem., lot.)




    Download 0,64 Mb.
    bet110/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIRJA SPEKULYATSIYASI (nem., lot.) — 1) Bitim tuzish va bajarish paytidagi kurslar o‘rtasidagi farqdan chayqovchilik yo‘li bilan foyda olish maqsadida birjada qimmatbaho qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirish; 2) Tovar birjalari ham chayqovchilik savdo joyi hisoblanadi; u tovarlar bahosining oshishi va pasayishi o‘yiniga asoslanadi.
    BIRJA TAQIQLARI VA BUZILISHLARI — birjada taqiqlangan harakat turlari: 1) baholarga ta’sir qilish maqsadi bo‘lgan bitta shaxsning ko‘lamli bitimlari; 2) joriy birja baholarini o‘zgartirish yoki qayd qilish maqsadi bo‘lgan savdo birjasi ishtirokchilarining har qanday kelishib harakat qilishlari; 3) kon’yunkturaning sun’iy o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ovoza tarqatish ko‘rsatilgan buzilishlarni tekshirish bilan savdo birjasi qoidalari bo‘yicha qo‘mita shug‘ullanadi.
    BIRJA TOVARI — belgilangan tartibda birja savdolariga chiqarilgan muayyan tur va sifatidagi tovar, shu jumladan tovarga doir standart kontrakt birja tovari hisoblanadi. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk ob’ektlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja tovari bo‘lishi mumkin emas.
    BIRJA TUZILMASI (nem., lot.) — birjani tashkil etishning asosiy xususiyatlari umumiy xarakterga ega. Birja boshida birja a’zolarining to‘rtta kategoriyasini tasavvur etuvchi direktorlar Kengashi turadi: real tovar bilan savdo qiluvchilar, birja xalqasidagi brokerlar, komission uylar va tomoshabinlar.
    BIRJA TO‘S - TO‘POLONI (halokati) – qimmatli qog‘ozlar, eng avvalo aksiyalar kursi (qiymati)ning birdaniga pastga tushib ketishi bilan namoyon bo‘ladigan birja inqirozining eng o‘tkir bosqichi, birja to‘s- to‘poloni paytida qimmatli qog‘ozlar taklif eng yuqori chiqqani holda ularga nisbatan talab keskin kamayadi birja to‘s-to‘poloni yaqinlashib kelayotgan iqtisodiy inqiroz oqibati yoki yuz bergan birja ajiotaji natijasida bo‘lishi mumkin.
    BIRJA VAHIMASI (birja halokati) — qimmatbaho qog‘ozlar, birinchi navbatda aksiyalar kursining keskin va halokatli tushishini xarakterlovchi birja krizisining eng o‘tkir davri. B.v. da qimmatbaho qog‘ozlar taklifi keskin kuchayadi, ammo ularga bo‘lgan talab keskin tushadi. B.v.qoidaga ko‘ra, iqtisodiy krizis ro‘y berishining natijasi yoki oldingi birja ajiotajining (ko‘tarilgan shov-shuvning) qonuniy yakuni hisoblanadi. Misol, 1929 yil oktabrida Nyu-York fond birjasidagi birja halokati.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BIRJA SPEKULYATSIYASI (nem., lot.)

    Download 0,64 Mb.