|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 116/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BLOK FIRMENNIY (fr.) — kompozitsiyaga birlashgan tovar belgisi va logotip hamda har xil tushuntiruvchi yozuvlar (mamlakat, pochta manzili, telefon, telefaks).
BLOKADA QILINGAN HISOB (ing.) — to‘lov erkin amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan bank hisobi; “muzlatilgan” hisob, masalan, siyosiy sabablarga ko‘ra.
BLOKADA QILINGAN VALUTA - oboroti hukumat tomonidan nazorat qilinadigan valuta; faqat bir mamlakat ichida to‘lovlar uchun foydalaniladi.
BLONBASTER (ing.) — shahar ko‘chmas mulk kommersanti (uylar, uchastkalar).
BLOTTER (ing.) — fond birjasidagi kunlik bitimlar ro‘yxati; brokerlar va kliring koorporatsiyalaridan olingan ma’lumotlarni taqqoslash uchun xizmat qiladi va birja axborotini hisobga olish, ishlash uchun asos hisoblanadi.
“BLU CHIPS” (golubie koreshki) (ing.) — 1. O‘zlarining tovarlari va xizmatlari sifati munosabati bilan umum milliy mashhurlikka va foyda olish, dividendlar to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lgan kompaniyalar; 2. Mashhur, yirik dividendlarni barqaror to‘lab turuvchi kompaniyalar aksiyalari.
BMC — barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, jahon iqtisodiyoti va savdosida salmoqli ulushga ega Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat mamlakatlar guruhi.
BODMERIYA - (nemischa – bodmerei) – 1) safarni yakunlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni olish uchun kema kapitani tomonidan kema va undagi yuklarni garovga qo‘yilish evaziga oladigan pul qarzi; 2) Bodmereya (nem.) — kema yoki yukni garovga qo‘yish evaziga uning egalari hisobidan olinadigan qarz pul, kema kapitaniga reysni (qatnovni)nihoyasiga yetkazish uchun pul mablag‘lariga juda ham zaruriyat tug‘ilganda yuz beradi.
BOJ - (arab.-o‘lpon, soliq) bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar, mol- mulk va qimmatbaho qog‘ozlardan undiriladigan pul yig‘imlari.
BOJ DEKLARATSIYASI — 1) milliy qonunchilikning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan, o‘zida chegaradan o‘tayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning qutidagi yuki, boyliklar va valutalar) to‘g‘risidagi malumotlarni aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o‘tkazib yurishda asos bo‘lib hisoblanadi. Deklaratsiya bojxonaga qonunda belgilangan muddatlarda (bir kundan ikki haftagacha mahsulot bojxonaga yetib kelgan kunni ham hisobga olgan holda) taqdim etilishi lozim. Deklaratsiyada bojxonaga qabul qilingan mahsulotning yuk hujjati nomeri, mahsulotning tarif nomi yoki boj tarifining tegishli moddasiga asoslanish (suyanish), mahsulot partiyasining qiymati va bahosi hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kabilar o‘zining aksini topishi shart. Boj deklaratsiyasining shakli mahsulotning bojga tortilish yoki tortilmasligiga bog`liqdir. 2) Bojxona deklaratsiyasi (ing., lot.) eksport va import qilinadigan tovarlarni, yo‘lovchi yuki, qo‘lda olib yuriladigan yuk qimmatbaho narsalar va valutani ham qo‘shib chegaradan o‘tadigan yuk to‘g‘risida ma’lumot beruvchi hujjat. B.d. davlat chegarasidan yuklarni olib kelish, chiqarib yuborish va tranzit yuklarni tashishda ularni o‘tkazib yuborish uchun asos hisoblanadi. U yuk to‘g‘risida ma’lumotning to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi uchun to‘la javob beradigan yukning egasi yoki taqsimlovchi tomonidan to‘ldiriladi va bojxona idoralariga taqdim etiladi. Deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan buyumlar musodara qilinadi.
|
| |