|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 139/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOZORGA YO‘NALTIRILGAN TARMOQLAR — tayyor mahsulotni tashish xarajatlari xom-ashyoni tashish xarajatlaridan qimmatga tushadigan tarmoqlar.
BOZARGON — o‘rta asrlarda viloyat va mamlakatlararo yurib savdo qiluvchi shaxs, savdogar. Bozargonlar oldi-sotdi ishlaridan tashqari ayg‘oqchilik ham qilganlar va borgan mamlakatlarining iqtisodiy ahvoli, harbiy qudrati haqida ma’lumot to‘plaganlar. Xon va sultonlar odatda o‘z elchilarini bozargonlarga qo‘shib yuborganlar.
BOZORNI BOSHQARISH — tovarlarni qarshiliksiz sotish va ehtiyojlarni to‘la qondirish hamda to‘lovga qobil talabni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish maqsadida bozorning rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyat turi.
BOZORNI TEKSHIRISH — 1) Qanday kotirovka yaxshi va qancha aksiyalarni sotib olish yoki kotirovka qilingan baho bo‘yicha sotishni belgilash uchun birja oboroti tashqarida turuvchi bir qancha firmalardan qimmatbaho qog‘oz kotirovkasini rasmiy ravishda so`rash; 2) Bozorning o‘zgarishi darajasini belgilash maqsadida har qanday mol-mulk fondi bo‘yicha kotirovkani rasmiy ravishda so‘rash.
BOZORNING FAOLIYAT QILISHI — bozorlar o‘zaro foydali savdoni tashkil etishni ta’minlashdan iborat o‘z vazifasini qanchalik samarali uddalayotganligi muammosi.
BOZORNING TUZILISHI — bu bozor elementlarining ichki tuzulishi, joylashishi va tartibi, ularning bozor umumiy hajmidagi ulushi demakdir va shu tariqa o‘zlariga kerakli muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritganlar.
BOSH AUDITOR — bir qator mamlakatlarda, jumladan, sobiq ingliz koloniyalarida (Hindiston, Nepal, Keniya, Mavrikiy, Barbados, Zambiya va hokazo) davlatda moliya-byudjet xizmatini boshqaruvchi, yuqori mansabdor shaxs. Bosh auditor mamlakat prezidenti yoki general- gubernatori tomonidan, premer-ministr maslahati bo‘yicha yoki parlament tasdig‘idan so‘ng tayinlanadi. Ushbu mansabni ma’lum bir yoshgacha (masalan, Zambiyada 60 yosh) egallab turadi yoki ba’zi hollarda impichment tartibida o‘zgartiriladi. Bosh auditor mustaqil holda o‘z xizmatini shakllantiradi.
|
| |