|
BOSHQARISHNING NORASMIY TUZILISHI
|
bet | 141/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOSHQARISHNING NORASMIY TUZILISHI – tashkilotda ishlovchi jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlari asosida shakllanadi (ular qarashlarining birligi va qarama-qarshiligi, manfaatlari, dunyoqarashi, moyilligi va boshqalar).
BOSHQARISHNING RASMIY TASHKILIY TUZILISHI – deganda yuqori tashkilot yoki davlatning tegishli idoralari tomonidan tasdiqlangan va huquqiy kuchga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilishlar tushuniladi.
BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILISHI – deganda boshqaruv bo‘g‘inlarining birlashuvini, ular orasidagi o‘zaro munosabatlarni hamda ulardagi maqsad va vazifalarning bajarilishini ta’minlash tushuniladi.
BOSHQARUV HISOBI – korxona bo‘linmalari faoliyatlari yuzasidan taktik va stratagik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etuvchi, budjetlashtirish, invastitsiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasi, javobgarlik markazlari bo‘yicha sagmantar hisobot tuzish, transfart baholarni shakllantirish kabi masalalarni qamrab olgan komplaks fan turi.
BOSHQARUV HISOBI AXBOROT MANBALARI – moliyaviy hisobot axborotlari, shuningdak markating, soliq, sug‘urtaga oid ma’lumotlar va h.k. Boshqaruv hisobi axborotlarini aks ettirish usullari – moliyaviy hisob usullari, ekonomatrika, statistika va iqtisodiy tahlil usullari.
BOSHQARUV HISOBI AXBO- ROTLARINING O‘LCHOV BIRLIKLARI – moddiy, mahnat va qiymat kabi barcha hisob o‘lchovlari.
BOSHQARUV HISOBI SCHATLAR RAJASI – korxona faoliyatini budjetlashtirish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini tashkil etish, “Xarajatlar-ishlab chiqarish hajmi- foyda” tizimi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashga mo‘ljallangan schatlar to‘plami.
BOSHQARUV HISOBI TAKTIKASI – joriy davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi bo‘yicha hisob yuritish, dalillash, qabul qilingan qarorlarni tahlil va nazorat qilish hamda ular ijrosi uchun javobgarlik.
BOSHQARUV HISOBI TAMOYILLARI – hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, ishonchlilik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va h. k. Boshqaruv hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar – korxona boshqaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kangashi a’zolari.
|
| |